Ollohning mujizalari haqidagi mavzularni uqib bazi fikrlar hayolimdan utadi.
Judayam taajublandimki oddiy bir qugirchoqning "œIslam is the light" degan suzlari musulmon bandalarni hayratga soladigan bulib qolgan bulsa. Forumdagi hayrat tula yozilgan suzlar imonli insonga hos suzlarmikan?
Ha kup eshitaman sajdaga egilgan daraxt, Olloh suzi yozilgan baliq, quzichoq, asalari ini va bularni davom ettirish mumkin. Lekin bularning hammasi Islomning haq ekaniga isbot bulib hizmat qilishi kerakmi? Siz Islomga inson yaratgan qugirchoq aytgan suzlarni deb ishonasizmi? Agarda kimdir usha qugirchoqqa "œChristianity is the light" degan suzlarni yozgan bulsa Xristian bulib ketasizmi mana isboti deb?
Dunyodagi istalgan din uzini haq deb bunaqa bular bulmas misollarni keltirishi mumkin. Lekin gap shundaki Olloh islomni haq ekanini isbot qilishi shart emas, Olloh istaganida hamma musulmon bular edi. Lekin bu dunyo sinov dunyo. Isbot qilaman deganida qaerdagi oddiy narsalar bilan isbot qilib utirmasdi.
Hayron bulib beradigan savollarim shuki: nahotki "œQuron"dagi suzlar Islomni haq ekanini isbotlay olmay qoldi sizga? sizlar oddiy qugirchoq aytgan suzlarga muhtoj bulib qoldizmi? yoki oddiy quzichoqdagi yozuvga muhtojmisiz?
Uziz bilmagan holda Ollohning haq diniga shubha bilan qarashizni bildirib quymadizmikan? Hayratdan yoqa ushlab shu mavzuga fikr bildirganlarning kupchiligi bilimli, Ollohning kitobi "œQuron"ni bir bora bulsa ham uqib kurgan insonlar.
Sizga isbot shartmi? Sizga mujiza kerakmi Islomning haq ekaniga ishonishiz uchun?
Nimaga muminman, musulmonman deysizu lekin sajdaga egilgan daraxtni Islomning isboti deb qabul qilasiz?
Forumdagi insonlardan uzur surayman kimgadir ogir botsa lekin shuni bildirib quymoqchimanki hech bir suzim alohida bir insonga qaratilmagan, bu shunchaki mani hayratga solgan holat edi holos! Balki barcha uylagan uylarim hatodir. Har qalay Islomda chuqur bilimga ega emasman. Hato fikrlarim bulsa ularni tugrilashimga yordam berarsizlar deb umid qilaman!
The Alchemist