Qur’onning qofiya tizimidagi ustunlikQur’onga taqlid etilmaslik xususiyatini baxsh etadigan jihatlardan biri uning adabiy jihatdan qurilishiga borib taqaladi. Arab tilida yozilganligiga qaramasdan, Qur’on arab adabiyotida qo‘llanilgan shakllarga o‘xshash emas.
Qur’ondagi qofiya tizimi «qofiyalashtirilgan nasr» deyiladi va tilshunoslar Qur’onda qo‘llanilgan bu qofiyani mo‘‘jiza deb ta’riflaydilar. Mashhur ingliz olimi Professor Dtsel M. A. Abbas Qur’onning tilshunoslik jihatdan bir mo‘‘jiza ekanligini isbotlash maqsadida yozgan Sciense Miracles (Fan mo‘‘jizalari) nomli kitobida Qur’onda qo‘llanilgan harflar va qofiya tizimi yuzasidan, grafik va diagrammalar vositasida, keng qamrovli izlanishlar olib bordi. Bu kitobda Qur’ondagi qofiya tizimiga taalluqli ayrim hayratlanarli dalillar keltirilgan.
Ma’lumki, Qur’ondagi 29 ta sura bir yoki undan ko‘proqramziy harflar bilan boshlanadi. Bu harflar «muqatta harflar» yoki «boshlovchi harflar» deb ataladi. Arabcha 29 harfning 14 tasi muqatta harflardan iborat: Qof, Sod, To, Ha, Yo, Sin, Alif, Lom, Mim, Kof, Ayn, Nun, Ro, Ha.
Bulardan Nun harfining «Qalam» surasidagi qo‘llanilishiga e’tibor qaratsak, oyatlarning 88,8% ida Nun harfi bilan qofiyalanganlikni ko‘rishimiz mumkin. «Shuaro» surasining 84,6% i, «Naml» surasining 90,32%i va «Qasas» surasining 92,05% i Nun harfi bilan qofiyalanadi.
Professor Adel M. A. Abbasning Sciense Miracles nomli kitobi