Viktorina nihoyalanib, g'oliblar aniqlangan paytlarda mazam bo'lmay forumga kirolmagandim. Kech bo'lsa ham yana bir bora bu musobaqani o'tkazishga vasila bo'lgan barcha dindoshlarim haqida hayir duolar qilib qolaman.
Alloh barchangizdan rozi bo'lsin inshalloh...
Lekin yana bir narsani aytib o'tmasam yorilib ketaman:)
Shu mashhur online qismi:) men apandi shartlarni ohirigacha o'qimaganman, soat falon bilan pismadon orasidagini o'qib qolganim uchun: himm shu soatlar ichida bizga berilgan savollarni javobini topar ekanmiz-da debman:)
Hullas shu kun keldi, biz 3 soat orqadamiz, bilasizlar. Vaqt o'tmasin, AbdulAziz savollarni bera qolsinlar, deb online bog'landim. Har doimgiday qo'limda AbdulAziz Ensar:)
Avvalo online hayajoni, imtihonlarimni hammasida doimo hayajon bosib oyoq-qo'lim titrardi:) Yana bir tarafdan adminstrator bilab birinchi marta gaplashib turibman...
Eng yomoni kechasidan beri qon bosimim oshib ketgan ekan(buni kechga payt sezib qoldik)
AbdulAziz savollarni "Bismillah" deb yoza boshlabdilar-men Abdulaziz yig'lagani uchun xonani aylanib orada ekranga qarab qo'yyabman:) bir qarasam 15 sekund, deb qoldilar "domla"...
ayyy qon bosimim yana ham kuchaydi aniq...
boshim aylanib, hay hay to'htang deb qoldim, hech bo'lmasa bolamni uxlatay keyin...hullas 6 savol shu yo'sin o'tib ketdi...qolganlariga 1 soatdan keyin davom etdik, lekin baribir foyda bermadi, chunki fikrlay olmasdim. Shu darajadaki 1 chi savoldagi "doya" so'zini o'ylab o'ylab bila olmadim hayajondan, Payg'ambarimizni xonimlarini ismlarichi,,,hech biri aqlimga kelmasa-ya, hatto savolni 1 chi shahid bo'lgan ayol, deb tushinibman...
Allohning sherini-chi, qoplon, deyman, arslon deyman,,,Turk tili bilan O'zbek tili aralash-quralash bo'lib ketdi:(
Hech bo'lmasa xozirgiday biroz sokin bo'lganimda edi bunchalik ikkichi bo'lmasdim
Mayli, ichimda qolmasin dedim-da...
Bu vaqt davomida o'rganganlarimni vaqti bilan yozib boraman inshalloh...
Ayniqsa meni yig'latgan sahobalar hayotlari haqida...
Ha Musab bin Umeyr (r.a)ni darrov bilishimga sabab hayotlarini radiodan yig'lab yig'lab eshitgandim...demak miyamga muhrlanibdi...topsam sizlarga ham linkini beraman inshalloh...
Barchangizga hayirli oqshomlar yor bo'lsin azizlar...