Kumushbibi:
Shu romandan ozgina parcha keltiraman:
Mahfuzaning Sultonmurodga qoldirgan maktubidan.
Judoluq diyoruga qolmish kishimizga tegsun,ilohum
Menkim,o’z juftu halolunguz,bir haftagina erkalab ulgurgan jamilangizdurman.Mayli,bor jonum,otalar yurtiga,arvohlar yor,ruhlar madadkor bo’lsun-Ollohning panohiga,izingizdan yetib borgayman degan Mahfuzangizman.
Yo’llaringizga termulib ko’zlarum to’rt bo’ldu.O’lturubman:kechalari uyqum o’chub.Tong-saharlarda duoyu iltijolar etub.Tiq etsa,Sultonmurodummasmu,deb yuraklarum toshub-hapruqub.
Oy ketudan oy ketmoqda suvday oqub,kun ketudan kun o’tmoqda bag’rim yoqub"¦Ammo siz yo’qsiz.Hatto elchularingizdan darak yo’q.Bilaman,uzoqning ishi qiyun.Lekin bir og’iz mujga yuborish shunchalar mushkul edimu?.Yo bizdan keyin keyun sarhadlar berkuldi-qoldimu?
Bizday ojiz-notavonlar o’tub,sizlardayun erlarnu bittalab terdularmu?(Xudo o’zi asrasun)
Shularni o’ylasam,meni ham Yusuf alayhissalomdek bir tubsiz chohquduqqa tashlab ketushgandek,halu beru zaloskorum kelub yetmaydurgondek tuyulaveradu-tuyulaveradu.Ikki rak’at namoz o’qub Ollohga duoyu iltijolar qilmagunumcha o’zimga kelolmasman.So’ng"huvallohullazii"ni yolg’iz sizga atab o’qugayman,zora nolai zorumni ijobat etub,Siznu balo-qazolardan asrab qaytarsa,deb.Yolg’uz orzum shu:Olloh bizga-DA xotirjamlik ato etsun-shu Vatandan judo etmay,sarson-sargardon etmay sinasun.
Men azboroyu kimga yorilarimnu,dardu hasratlarimnu to’karimnu bilmay,axiyri o’zingizga xatlar bitmakka,jo’natmasam-da(axir qandoq jo’natay?!O’rtada sarhad,qancha tog’ davonlar yotubdu.Men boyaqishginaning bitiklarinu kim ham Tangritog’ga yetkazgay?)shunday bo’lsa-da,harna yengil tortarmanmu deb yozmoqnu boshladum.
Shunu o’zum ixtiyor ettum.Xudo hohlasa,bir kun kelib o’qirsiz.Mening aziz Jamilam ota yurtda shunday kunlarga qolganmudu,bir haftalik kelin boshi ila shu ko’rguluklarga chidaganmudu,deb ichinguzda bir hislar uyg’onsa-shuning o’zi menga kifoya.
Endu o’zumdan so’rasangiz,sarhaddan omon eson o’tub olduk.Olloh otamlarnu bundanam aziz qilsun,topgan mahramlaru chin mo’min ekan.Yeru ko’kka ishonmay,pardau ismatdagu o’z qiziday ko’rub,olub o’tdu bu yoqlarga.Har takshiruvchiyu gumonsiraganga qalqon bo’lub,paranjiyu sachvonumnu oldirmay,ochdirmay.Dadam bu yoqqa jo’nata turub,qo’shgan odamlaru o’zi chinoq,o’ng qulog’ining yumshogu tamom yo’q,ustiga garang bir kishi edu.O’nta gapga bitta javob beradu.Shunaqa hokusorki,birovga yomonliq sog’inolmaydu.Hali hozur o’shal qorasaqol odamning haqqiga duolar qilaman.Ollohning fazlu fazlu marhamatinu so’rayman unga.O’shal oda o’z yetum qiziday meni eski-tuskularga o’rab,yomon ko’zlardan asramasa,ikki dunyo o’tolmaskanman bu yoqlarga.
Oyim boyaqish,menu yeru ko’kka ishonmas oyugunam xuddi qudalarnikuga jo’natgan kabu asl kelunlik liboslarumda,duxoba paranjularda yo’lga chiqargan ekanlar.
U kishi hovlusiga opkirub hinduday qora,eti etu ustixoniga yopishgan(lekin ko’zlari biram muloyum)bir ayolga(xotinu bo’lsa kerak)buyurgan edu,menu"voy kelinposhsha,aylanay sizdan",deb ichkaruga boshlab ketdu....Davomi bor