Bu yerda bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda Arab tili bo'yicha test sinovlari mavzusi ochildi. Testlar oddiylikdan murakkablikka qarab boradi. Javoblarni topish uchun o'tilgan darslarni o'zlashtirib borish kifoya qiladi. 1-bosqich
Arab tili bo’yicha test sinovlari.
1. Arab alifbosida nechta harf bor va ular qanday harflar?A) 28 ta; 3 ta unli va 25 ta undosh
B) 29 ta; 4 ta unli va 25 ta undosh
C) 28 ta; hammasi undosh
D) 29 ta; hammasi undosh
2. Ushbu ta’rif qaysi harfga tegishli?
"¦. harfini hosil qilishda chiqayotgan havo xalqum devorlari orasidan unga qattiq ishqalanib, sirg’anib o’tadi. Talaffuz jarayonida hech qanday to’siqqa uchramaydi (ya’ni qirilmaydi).A)
خB)
هC)
حD)
غ3. Fa harfi qanday talaffuz qilinadi?A) Tilning uchi oldingi ost-ust tishlari orasiga qo’yib hosil qilinadi
B) Ttilning usti ikki old yuqori tishning ustiga tekkanda hosil bo’ladi
C) Yuqori va pastki lab bir-biriga yopishtirilganida hosil bo’ladi
D) Pastki labning ichki qismi yuqori old tishning chetiga tekkizilib, hosil qilinadi
4. Quyidagi qaysi harflar bir xil maxraj (chiqish joyi)da hosil bo’ladi?A)
و ف B)
ع حC)
ق كD)
ث ص5. Alif harfi qanday vazifani bajaradi?A) Mustaqil tovushni bildiradi
B) Hamzaga taglik va mad(cho’ziladigan) harf bo’lib keladi
C) O’zbek tilidagi "œa" tovushini bildiradi
D) Faqat shakl ko’rinishini berish uchun ishlatiladi
6. غ harfining chiqish joyini aniqlang.A) Bo’g’iz bilan og’iz orasidagi bo’shliq (tanglay oldi) ni yengil qirib hosil qilinadi
B) Bu harfni hosil qilishda chiqayotgan havo xalqum devorlari orasidan unga qattiq ishqalanib, sirg’anib o’tadi.
C) Tilning tubi tanglayning eng orqa qismiga tekkizilganida hosil bo’ladi
D) Xalqumdan chiqayotgan havo bo’g’izdagi tovush paychalari orasidan yengil sirg’anib o’tadi
7. Diakritik belgilar nima?A) Arab tilida so’z yasovchi qo’shimchalar
B) Arab tilida turli harakat va to’xtalishlarni bildiruvchi orfografik belgilar.
C) Ma’noni o’zgartirish uchun xizmat qiluvchi old qo’shimchalar
D) Arab tilida qo’llaniluvchi predloglar
8. Qisqa "œi" unlisini ifodalovchi belgi"¦"¦.A) Fatha
B) Zamma
C) Shadda
D) Kasra
9. Arab tilida ikki bir xil undosh harf yonma-yon yozilmaydi, buning o’rniga o’sha harfning 2 taligini bildirish uchun qanday belgidan foydalaniladi?A) Madda
B) Sukun
C) Tashdid
D) Fatha
10. Arab tilida emfatik tovushga ega harfni aniqlang. Emfatik tovush — past ohang bilan, ammo yo’g’on talaffuz qilinadigan va yonidagi undosh tovushlarning ham qattiq talaffuz qilinishiga sabab bo’ladigan tovushdir.A)
طB)
غC)
ضD)
ص Javoblar keyingi bosqich savollari berilganidan keyin e'lon qilinadi. Har bir bosqich imkoniyatga qarab 10-20 savoldan iborat bo'ladi.