forum.ziyouz.com
Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: Munira xonim 19 Mart 2007, 19:41:29
-
Assalamu alaykum.
Bu o'yinda birinchi user islomiy ikki so'z keltiradi. Ikkinchi user esa shu yerdagi ikkinchi so'zning oxirgi harfidan boshlanadigan islomiy so'z aytadi.
O'yin shunday davom etadi. O'yinning ikki qat'iy qoidasi,faqatgina islomga dahli bo'lgan so'z va oldingi so'zning so'nggi harfi bilan boshlanishi lozim.
Agar tushungan bo'lsangiz boshladik.
Alloh (Ibodatga loyiq bo'lgan Zotning eng ulug' ismlaridan)- Halol...(Buni hamma bilsa kerak)
Kim davom ettiradi?
-
Luqmon (Sura nomi)- Nabiy (Payg'ambarlarga nisbatan ishlatiladigan nom)
-
Yusuf (Payg'ambarlardan birining ismi va yana sura nomi)- Furqon (Qur'oni karim sifatlaridan)
-
Nab'a (Sura nomi)- Ashob (Sahoba)
-
Baqara (Sura nomi)- Ababiyl. (FIl surasida kelgan qushlarning nomi)
-
Latif (Allohnig ismlaridan)- Fussilat (Sura nomi)
-
Tavba (Sura nomi va gunohlarni yuvguvchi amal)- Anfol (Sura nomi)
-
Odam Birinchi inson va birinchi payg'ambar)- Muhammad (Eng ulug' va eng so'nggi payg'ambar s.a.v.)
-
Din - Namoz (Dinimizning eng ulug', bizga farz va shart bo'lgan amallaridan)
-
PS. Assalamu alaykum!
O'yinni tashkil qilib yaxshi qilibsizlar. Inshaalloh bu ham foydali bo'ladi. Taklifim: agar yozayotgan atamalarimizga ozgina ta'rif berib o'tsak, manimcha yana-da ilmga chorlov bo'lardi.
Zinnurayn (Usmon ibn Affonning laqablari) - Nasr (Qur'oni karimdagi eng kichik suralardan biri)
-
Va alaykum assalam.
Taklifingiz juda yahhsi va foydali.
ALloh sizdan rozi bo'lsin.
Rahmon (Alloh taolo sifatlaridan) - Niyat - (Har bir ishning avvalida qilinishi lozim bo'lgan amal)
-
Tavba (tazarru qilish, Qur'oni karim suralaridan biri) - Arafot (Hojilar ziyorat etadigan tog')
-
Takbir-Ramazon (no comments-izoxga hojat yo'q)
-
Nahiy-munkar (Yomonlikdan qaytarish)- Rasul (Allohning elchisi)
-
Rahiym - (Allohning ism sifatlaridan biri) - Masad - (Sura nomi)
-
Dovud (payg'ambar) - Daqyunus (Ashobi Kahf qissasi qahramoni)
-
Sulaymon - Nuh (Payg'ambarlar)
-
Hakiym (Alloh taoloning sifati) - Malakulmavt (azroil)
-
Tavrot (Muso a.s.ga tushirilgan muqaddas kitob) - Toif (payg'ambar alayhissalomga ozor bergan va ul zot ularning haqida ezgu duo qilgan shahar)
-
Fussilat (Kurani kerim suresi) - Taravih (Ramazan ibadeti)
-
Halim (Allohning ism sifatlaridan biri) - Muso (Payg'ambar ismi)
-
Oli-Imron (Sura nomi) - Nu'mon ibn Sobit (Hanafiya mazhabi asoschisi)
-
Talha ibn Ubaydulloh (Ash'arai Mubashsharalardan biri) - Hakiym (Alloh taoloning sifatlaridan biri)
-
Muddassir (Sura nomi) - Rayhon (Jannat guli)
-
Nubuvvat (Payg'ambarlik) - Tohira (Hadicha r.a.ning kunyalari)
-
Anas ibn Molik (Sahoba) - Kavsar (Sura va Rasululloh s.a.v. Alloh tomonidan Qiyomatda berilajak eng katta hovuz nomi)
-
Rum (sura nomi va shahar ismi)- Madina (payg'ambarimiz hijrat qilgan shahar)
-
Ano'm (Sura nomi) - Makka (Biz uchun eng ulug' va Rasululloh s.a.v. tavallud topgan makon)
-
Azozil (Shayton) - Layl (Qur'oni karim surasi)
-
Lut (Payg'ambar) - Tobe'in (sahobalarni ko'rgan taqvodor kishilar)
-
Nahyi munkar (Yomonlikdan qaytarish) - Rasululloh (Allohning payg'ambari)
-
Haj (Musulmonlarga farz qilingan amallardan) - Jum"a (Musulmonlarning har haftada keladigan bayrami, eng ulug' kun)
-
Aziym (Alloh taoloning sifati) - Makka (Payg'ambarimiz SAV tug'ilgan shahar)
-
Aliym (Alloh taoloning sifati) - Maryam (Sura nomi va Iyso a.s.ning onalarini ismi)
-
Mujodala - Alaq (Qur'oni karim suralari)
-
Qalam - Muzzammil (Qur'oni karim suralari)
-
Luqmon - Niso (Qur'oni karim suralari)
-
Oli-Imron - Nasr (Qur'oni karim suralari)
-
Ra'd - Duxon (Qur'oni karim suralari)
-
Najm - Moida (Qur'oni karim suralari)
-
Arba'in (40 hadis to'plami) - Nar (do'zax)
-
Rohman - Naml (Qur'onim karim suralari)
-
Lut (payg'ambar) - Tahajjud (nafl namoz)
-
Da'vat (Chaqiriq) - Tahrim (Qur'oni karim surasi)
-
Malik (Alloh taoloning sifati) - Kotib (Qur'oni karimni qog'zoga ko'chiruvchilar)
-
Buruj - Jum'a (Qur'oni karim suralari)
-
Abobil (yaman shohini yakson qilgan qushlar) - Luqmon (Qur'oni karimda nomi kelgan ulug' shaxs)
-
Nuh - Hujurot (Qur'oni karim suralari)
-
Toshkent (Bu yilgi Islom markazi) - Tobut (so'nggi manzilga kuzatiladigan beshik)
-
Toha - Ankabut (Qur'oni karim suralari)
-
Tavof (Baytullohni ziyorat qilish) - Fitr (ramazon oyida beriladigan sadaqa)
-
Rashk (har bir musulmonda bo'lishi lozim bo'lgan tuyg'u) - Kariym (Alloh taoloning sifatlaridan)
-
Maysara (Hadicha r.a. ning quli) - Astag'firulloh (Allohim, o'zing mag'firat ilgin!)
-
Halilulloh (Ibrohim a.s.ning sifatlaridan) - Hud (Payg'ambar va sura nomi)
-
Dovud (payg'ambar) - dahriy (Allohga ishonmaydigan)
-
Yasin - Nahl (Qur'oni karim suralari)
-
Layl (Qur'oni karim surasi) - Laylatul qadr (Ramazon oyidagi ulug' kecha)
-
Rizq (Alloh taolo bandalriga ato qilgan ne'matlar) - Qadar (Taqdir)
-
Robb - Boriy (Alloh taoloning sifatlari)
-
Yunus - Saba' (Qur'oni karim suralari)
-
Tolibi ilm (ilm talab qilayotgan) - Mahmud (Muhammad SAVning ismlaridan biri)
-
dini Islom (eng haqiqat bo'lgan Allohning yagona dini) - Mustafo (Payg'ambarimizning ismlaridan biri)
-
Olim (Payg'ambarlarning merosho'rlari) - Muhammad (Rasululloh s.a.v.ning ismi muboraklari)
-
Dorul baqo (boqiy dunyo, oxirat) - Omina (Payg'ambarimiz SAVning onalari)
-
Abu Bakr Siddiq (Eng ulug' sahobiy, Asharayi Mubashsharadan)- Qosim (Rasululloh s.a.v.ning o'g'illari)
-
Najm - Muzzammil (Qur'oni Karim suralari)
-
La'in (La'natlangan) - Nur (Qur'oni karim surasi)
-
Rohman - Nahl (Qur'oni Karim suralari)
-
Livan (yaqindagina dunyo musulmonlarining diqqat markazida turgan shahar) - Nas (Qur'oni karim surasi)
PS: Sizlardan iltimos keltirilgan so'zlarni qaytarmaslikka harakat qilsangizlar. Alloh barchamizdan rozi bo'lsin.
-
Suvayba (Payg'ambarimiz MuhammadSAVni emizgan ayol) - Ajmiy (Shayx al-Ajmiy - qiroati juda go'zal mashhur qori)
-
Ya'qub (Payg'ambar, Yusuf a.s. ning otalari0 - Balad (Qur'oni karim surasi)
-
Dajjol .......... Lafzul Jalal val ikrom ( Alloh)
-
Muhaymin - Nasiyr (Alloh taoloning sifatlari)
-
Rohiym - Malik (Allih taoloning sifatlari)
-
Kabir-Rasul
-
Lavhul - Mahfuz (Alloh taolo huzurida har qanday o'zgarishdan saqlangan Lavh(Qur'oni karimga nisbat berib aytilgan)) - Zumar (Qur'oni karim surasi)
-
Roqiyb (Alloh taoloning sifati) - Basmala (Bismillahir rohmanir rohiym)
-
Anas ibn Molik - Kayb ibn Zuhayr (sahobalar)
-
Ramla (Mo'minlar onasi Ummu Habiba r.a.ning asl ismlari) - Abdulloh ibn Umar (buyuk sahobiylardan)
-
Risolat (Payg'ambarimiz hayotlari haqidagi film) - Tangri (Alloh Ta'alo)
-
Ilm (har bir muslim va muslima talab qilishi kerak bo'lgan narsa) - Musaylama (O'zini payg'ambar deb e'lon qilgan kazzob)
-
Amr ibn Os - Salama ibn Qays (Sahobalar)
-
Salmon Forsiy (buyuk sahobalardan) - Yunus (Qur'oni karimda nomi zikr etilgan payg'ambarlardan)
-
Sajda - Ahzab (Qur'oni karim suralari)
-
Basra (Juda ko'p olimlarni yetishtirgan shahar) - Abdulloh (payg'ambarimiz Muhammad SAVning otalari)
-
Hamza ibn Abdumutallib - Bilol ibn Raboh (Ulug' sahobalardan)
-
Harom (qilinishi man etilgan amal) - Mo'min (Allohning biru borligini tasdiqlagan)
-
Nafs (Insonning eng katta va yovuz dushmani) - Sabr (Har bir insonni buyuklika erishtiradigan, Alloh taolo tomonidan berilgan eng buyuk ne'matlardan)
-
Rakat (namozdagi harakatlar) - Tavba (Qur'oni karim surasi)
-
Ahmad (Payg'ambarimiz Muhammad SAVning Tavrotdagi ismlari) - Dobbatul arz (oxir zamon kelganining bir alomati sifatida chiqib keladigan Yer hayvoni)
-
Zuxruf - Fath (Qur'oni karim suralari)
-
Halîm (Yumuşak huylu) - Mes'ûd (Mutlu) - Peygamberimizi (s.a.v) Mübârek İsimleri
-
Do'zax (Gunohkorlar jazosini o'taydigan joy,Alloh asrasin) - Xolid ibn Valid (Ulug' sahobiylardan)
-
Dunyo (Qur'oni karimda oxirat so'zi bilan teng marta kelgan so'z) - Oyisha (payg'ambarimiz Muhammad SAVning zavjalari)
-
Abdulloh ibn Abbos - Said ibn Omir (Buyuk sahobalardan)
-
Ra'd (Qur'oni karim surasi) - Dardo (Sahoba Abu Dardo r.a.ning o'g'li)
-
Oxirat (Dunyoning tugashi) - Tajvid (Qur'oni karimni qiroat ila o'qish)
-
Dorul fano (foniy dunyo, ya'ni shu dunyo) - Osiylik (Allohga nisbatan gunohkorlik)
-
Kariym - Mutakabbir (Alloh taoloning ulug' sifatlari)
-
Roqib - Basit (Alloh Ta'alo ism sifatlaridan)
-
Toha (Payg'ambarimiz Muhammad SAVning Qur'oni karimdagi ismlari) - Ahsan (Ma'nosi: eng go'zal, eng suyukli. Payg'ambarimiz Muhammad SAVning sifatlari)
-
Namoz - Zakot (Islomning asosoiy farzlaridan)
-
Toqat (Sabr) - Tavhid (Alloh taoloning yakkaligiga iymon keltirmoq)
-
Darvin ("buyuk" dahriylardan biri) - Nafs (Insonning eng katta dushmani
-
Savob (har bir musulmon uchun eng zarur bo'lgan amal) - Badr (Eng ulug' g'azot)
-
Ruqiya (payg'ambarimiz Muhammad SAVning qizlari) - Abdulmuttalib (Payg'ambarimiz Muhammad SAVning bobolari)
-
Baytulloh - Haram (Makkayi Mukarramadagi Allohning uyi, ya'ni Ka'baning nomlaridan)
-
Malikul mulk - Kariym (Alloh taoloning sifatlari)
-
Musavvir - Razzoq (Alloh taoloning sifatlari)
-
Qodiyr - Rahiym (Alloh taoloning sifatlari)
-
Ma'sum (gunohlardan pok) - Muallim (O'rgatguvchi) - Payg'ambarimiz Muhammad SAVning sifatlari
-
Mas'ud (Abdulloh ibn) - Dorimiy (Imom)
-
Yunus (Baliq qornida qirq kun yotgan payg'ambar - Sulaymon (Qush va hayvonlar tilini tushungan payg'ambar)
-
Nasx (Bekor qilish, Qur'oni karim oyatlarni amaldan chetlatish,lekin o'qish va yozishda saqlab qolish) -
Xatmi - Qur'on (Qur'oni karimni to'la holda o'qib tugatish)
-
Nur - Rum (Qur'oni karim suralari).
PS. E'tibor berib qarasam, bu o'yinda sanoqli odamlargina ishtirok etishyapti ekan.
Shunchalik ham qiyinmi?
Kelinglar, birgalikda islomiy bilimlarimizni oshiramiz!
-
Madrasa (Ilm beradigan joy) - Abdulloh ibn Abu Bakr (Ulug' sahobiylardan)
-
R----Rutba -
biron ishning amalga oshishi uchun lozim bo'lgan asos
A---an-nafsul-lavvoma--
-malomat yog'diruvchi nafs.Y'ani ,egasining amaldagi qosirligi tufayli ayanch holga tushgan bu nafs egasiga ulkan malomatlar yog'diradi .
-
A--
an-nafsul-ammora - yomonlikga buyuruvchi nafs (Yusuf surasi 53 oyat)
A
an-nafsul-mutmainna - ikkilanishlardan to'xtab,sabot va qaror xosil qilgan qalb.
A
azm - biron ishni qilishga chidam va sabot bilan urinish, tirishish ;qaror etmoq axd etmoq
-
M
ma'siyat - bu so'zning o'zak manosi "itoatsizlik qilmoq,buyruqga xilof ish tutmoq.
Agar bu xarakat noxaqlikka emas ,xaqqa nisbatan qaratilsa "gunoh" deyladi.
"Ma'siyat" ayni shu ma'nodadir
T
taxqiq - xaqni yuzaga chiqarmoq ,amalda isbotlamoq
-
Q
qasd - maqsad
D
darajot - yuksaklashuv bosqichlari
-
Tahorat - poklanish amali - Tobein - (Sahobalarni ko'rgan, ularga ergashgan zotlar)
-
Nasoro (Iyso a.s. ga ergashgan kishilar) - Osiy (Gunohkor)
-
Yahudiy (ahli kitob) - Yofas (Nuh alayhissalomning o'g'li)
-
Sidratul muntaho - Jannat chetidagi nilufar .Bu haqda "Najm"surasining 13-15 oyatlarida aytilgan
-
Ollohning makri - Tafsirda izohlanishicha ,bu "makr" - qidrat , g'azab va azobga ishoradir
-
Ixtiyor - irodaning xar-xil o'y fikrlar taraddudidan keyingi to'htam
Raxmat - raxm. Raxm __ Olloh ta'oloning bandalariga ato etgan ne'mati,xayri .
-
Tablig' (Da'vat, chaqiriq) - G'azot (Islomga va musulmonlarga qarshi bosh ko'targanlarga qarshi qilinadigan jang, jihod)
-
Taraddud - - Ikkilanish bir to'xtamga kelolmaslik.
Darakot - - Tubanlashuv bosqichlari .
-
Takbir (Ulug'lash) - Ribo (Sudxo'rlik)
-
Oxirat -- malakut,ilohiyot .O'limdan keyngi Dunyo
-
Talha ibn Ubaydulloh (Buyuk sahobiylardan) - Hadis (Muhammad s.a.v.ning aytgan gaplari, qilgan ishlari va ko'rsatmalari)
-
Sahih (ishonarli hadis) - Horun (Qur'oni karimda zikr etilgan payg'ambar)
-
Namrud - Ibrohim alayhissalomni olovga tashlashga buyurgan zolim podshox.
DajjoL - Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bashorat qilgan, ohirzamonda keluvchi va hudolikni da'vo qiluvchi mahluq.
-
Lu'Lu' - Qur'ani Kariymning ROHMAN(55) surasida zikr qilingan qimmatbaho tosh, marjon.
-
'Ayn - arab tilidagi harf - Nos (Qur'oni karimning so'nggi surasi)
-
Sallolohu alayhi vasallam - Unga Ollohning salavoti va salomi bo'lsin.
Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomning nomlari zikr qilinganida salavot aytish Qur'on va xadis bilan sobit bo'lgan : "Albatta Olloh xam ,uning farishtalari ham Payg'ambarga duo-yu salavotlar ayturlar :
Ey mo'minlar ,sizlar ham u zotga salavot va salom aytinglar" (Axzob surasi,56)
Ollohning salavoti-raxmat,farishtalarning salavoti- istig'for .Yana aytiladiki,Olloh ta'oloning salavoti bu Olloh ta'oloning farishtalar xuzurida Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomga aytgan maqtovi,farishtalarning salavoti esa duodir.
(Termiziy rivoyati)
-
Moida (Qur'oni Karim surasi) - Aziym (Alloh taoloning ism sifatlaridan)
-
Muhaddis - Hadis ilmi bilan shug'illanuvchi olim.
Sumayya - Ammor ibn Yosirning onalari, Islomdagi birinchi shahid maqomiga musharraf bo'lgan zot.
-
Azvaji muttohhara (pok, pokdomon ayollar. Hususan, "œahli bayt" ayollari) — Ahli bayt (Rasululloh sallallohu alayhi vassallam xonadonlarining yaqinlari, qarindoshlari).
-
Taloq (Shariat bo'yicha nikohni bekor qilinishi) - Qabr (har bir jonning ikki dunyo orasida ma'lum bir muddat qo'nim topadigan uyi)
-
Rakaat (islomda namozning asosiy qismi, namoz o‘qishda bajariladigan muayyan harakatlar va ular b-n qo‘shib o‘qiladigan duolar majmui) - Tavakkul (o‘zini Alloh irodasiga topshirish, faqat u beradigan rizqqa umid bog‘lash)
-
Luqmon (Qur'oni karimdagi sura nomi) - Namoz (dinning ustuni, Islom dininig 5 farzidan biri)
-
Zuhd (oxiratiga zarar etishidan xavflanib, dunyodan tiyilish) - Dovud (alayhissalom, payg'ambar)
-
Do'zax (forscha; arbcha - nor, jahannam, jahim,saqar; o'zbekcha - tamug': din talablarini bajarmagan gunohkorlar oxiratda jazolanadigan joy)- Xums (arab. - beshdan bir; islom ananasida musulmon qo'shinlari qo'lga tushirgan o'ljalarning beshdan bir qismi. Uni avval Rasululoh sallallohu alayhi va sallam ixtiyorlariga, keyinchalik halifalar hazinasigaajratilgan, qolgan qismini xarbiy boshliqlar o'zlari va lashkarlarga taqsimlaganlar)
-
Sadaqa (chin dildan qilingan xayr-ehson) - Abbos (Muhammad (sav) ning amakilari)
-
Subhanalloh - Alloh pokdir, Hamr - may, sharob
-
Rahmon - Judayam Mehribon - Namrud - Ibrohim alayhissalomni o'tga tashlagan zolim.
-
Duoyi - bad (qarg'sih, kimningdir zarariga qilingan duo) - Domla (Ilm beruvchi)
-
Asadulloh (Allohning sheri) - Amir Hamza r.a.ning laqabi - Huvaylid (Hadicha r.a.ning otalari)
-
Dorunnadva (Kengash uyi) - Abdulloh ibn Mas'ud (Qur'oni karimning bilimdoni bo'lgan sahoba)
-
DABBAT ul-ARZ (arab. - Yer hayvoni) - oxir zamon kelganining bir alomati sifatida chiqib keladigan Yer hayvoni. Bu xususda Qur’oni karimda xabar berilgan: "Qachon (kofirlarning) ustiga so‘z-azob tushganida (ya’ni, qiyomat yaqinlashib qolganida) Biz ular uchun yerdan bir jonivor chiqarurmiz. U ularga odamlar Bizning oyatlarimizga ishonmaydigan bo‘lib qolganlari haqida so‘zlar" (Naml, 82-oyat).
ZAYD ibn SOBIT, Abu Xorija (Abu Said) Zayd ibn Sobit ibn az- Zahhok al-Ansoriy al-Xazrajiy (taxm. 615 - taxm. 665) -Muhammad (sav)ning kotibi, Qur’on yozma matni tuzuvchisi. Xazraj qabilasidan. 11 yoshida islomga kirgan va Muhammad (sav) huzurida Qur’onni o‘rgangan.
-
Tahorat (namozdan oldingi poklanish) - Toif (Makka yaqinidagi shahar)
-
Fath (Qur'oni karimdagi sura) - Hobil (Odam alayhissalomning o'g'illari)
-
Layl (30-poradagi sura) - lavhul mahfuz (inson taqdiri yozilgan kitob)
-
Zuha (Qur'oni karim surasi) - Abdulloh ibn Umar (Ulug' sahobiy)
-
Ramla binti Abu Sufyon (Ummu Habiba onamiz) - Nu'mon ibn Bashir (sahoba)
-
Rajab - Hijriy oylarning yettinchi, muborak uch oyning birinchisi - Barot - Sha'bon oyining 15-kechasi.
-
Tolib - ilm talab qiluvchi - Buxoriy - buyuk muhaddis, "Jome'us-sahih" muallifi.
-
Ya'qub - Yusuf alayhissalomning otasi. Isroil o'gillarining bobosi, payg'ambar.
Bobur-rahmat - rahmat eshigi. Payg'ambarimiz SAV masjidlaridagi eshiklardan biri.
-
Tabaqoti Muhaddisiyn - Payg'amarimiz Muhammad SAVning ishlari, so'zlari va hollarini o'rgangan hadi ilmi olimlarining darajalari.
Na'im - Sakkiz jannatdan beshinchisi.
-
Malakul-muqarrab - Huzuri ilohiyda qoim bo'lgan malaklar.
... Qiyomat... Juma kuni bo'ladi. malakul-muqarrab, yer va ko'klar u kunning dahshatidan qo'rqib faryod etadilar. (hadisi sharif. Musnadi Ahmad ibn Hanbal).
Bobus-salom - makkayi mukarramadagi Masjidul haramning sharqiy tomonga ochilgan eshigi. Bobi Shayba ham deyiladi.
-
Minora - Uzun, masjiddagi azon aytish uchun mo'ljallangan bino.
Arab - Qur'oni karim nozil bo'lgan til.
-
Bidoyat - ibtido, og'oz(boshlanish), shuru (kirishmoq)
Tajammul - yasanish,hashamat,shukuh,dabdaba
-
Layl (Qur'ondagi sura nomi, tun) - Lahad (qabr)
-
Dajjol (Qiyomat alomatlaridan, qiyomatga yaqin chiqadigan maxluq)
Lain - La'natlangan shayton.
-
Naba (Qu'rondagi 78-sura, Habar degan ma'noni anglatadi) - Amal (qilmish)
-
Lavhul mahfuz (inson taqdiri yozilgan kitob) - Zamahshariy (Jorulloh laqabini olgan xorazmlik olim)
-
Yarmuk (Islom xalifaligi va Rum o'rtasida bo'lib o'tgan mashsur g'azot, Abu Bakr roziyallohu anhu xalifaligi davrida)
Kubroviya (Xorazmda faoliyat ko'rsatgan so'fiylik tariqati )
-
Alaq (Qur'oni karim surasi)
Qodir (Allohning ismlaridan)
-
Rakona ibn Yazid - Payg'ambarimiz SAV bilan kurash tushib, yengilgan arab bahodiri.
Dorun-nadva - Qurayshning maslahatlari bo'ladigan uy.
-
Andalus - Ispaniyada 710-1492 yillarda mavjud bo'lgan Islom davlatlarining umumiy nomi
Sa'd ibn Abu Vaqqos - Asharai Mubashsharadan bo'lgan sahobiy, Qodisiya jangi qo'mondoni
-
Sunnat -- Payg'ambarimiz muxammad (s.a.v.) ning qilgan amallari. Bu amalni qilgan kishi savob topadi, qilmagan kishi qiyomat kuni malomatga qoladi. Payg'ambarimiz shafoatlariga loyiq bo'lmaydi.
Taqdir -- Olamda xar bir bo'lgan, bo'ladigan va bo'lishi tayin qilib qo'yilgan o'lchovdir.
-
Robiyatul-Adaviya - islom olamida iymonli o'tgan ayollardan biri.
Aqoba - islom tarixida ikki bay'at shunday nomlanadi.
-
Abdulloh ibn Abbos - mashhur faqih sahobalardan biri.
Savr - Payg'ambarimiz SAV hijrat qilganda Abu Bakr r.a. bilan birga yashiringan g'or.
-
Ravzayi Mutohhara -- Payg'ambarimiz (s.a.v.) ning muborak qabrlari joylashgan joy.
Amina (Allox ulardan rozi bo'lsin) -- Nabiyul Akramning (s.a.v.) ning onalari.
-
Al -azhar -Qohiradagi jome masjid, universitet
Ribo - sudho'rlik
-
Oisha - Rasululloh salallohu alayhi vasallamning zavjalari, mo'minalar onasi.
Anfol - Qur'oni Karimning 8-surasi.
-
Li'ona - biror muhim narsani aniqlab hukm chiqarishda da'vogar va javobgarning o'zlarini la'natlab, qasam ichishlari
As'ad ibn Zurora - Madinalik ilk musulmon
-
Arqam - Makkada musulmonlar shu zotning uylarida yig'ilib dinni o'rganishgan.
Muharram - Hijriy yilning birinchi oyi
-
Maryam -Iso alayhissalomning onalari.
Madrasa- ilm maskani
-
Abdulloh ibn Umar - Mashhur faqih, Umar r.a.ning o'g'li.
Ramla binti Abu Sufyon - Safiyya onamiz, payg'ambarim izning zavjalari. Abu Sufyonning singlisi.
-
Namimat - chaqimchilik
Tubo - jannatdagi soyasi yuz yillik masofaga teng daraxt
-
Osim ibn Sobit - sahoba nomi
Tuvo - Qur'onda zikri kelgan muqaddas vodiy.
-
Olami sifliy - tuban, pastkashlar olami. Mujrim - gunohkor. Shayotin - shaytonlar.
Yaqzon - mangu uygoqzot ekanligi barhaq, mangu mavjudligi uchun sababchi bo‘lgan zotdir. (Abu Nasr Forobiy «Fozil odamlar shahri»).
-
Nuh (a.s) (Allohning payg'ambari) Hujurot (sura nomi)
-
Taborak (sura)
Karim (Allohning ismlaridan biri)
-
Taborak (sura)
Karim (Allohning ismlaridan biri)
Assalamu alaykum. Taborak bu suraning nomi emas, suraning birinchi kalimasi. Sura nomi esa "Mulk" deb nomnlanadi
-
Taborak (sura)
Karim (Allohning ismlaridan biri)
Assalamu alaykum Aisha. Taborak bu suraning nomi emas, suraning birinchi kalimasi. Sura nomi esa "Mulk" deb nomnlanadi
Vaalaykum assalom Zubair.Rahmat sizga.Alloh ilmingizni ziyoda qilsin!
-
Nuh (a.s) (Allohning payg'ambari) Hujurot (sura nomi)
Tohira (Hadicha onamizga go'zal hulq va sifatlari uchun Qurayshiylar orasida berilgan laqab)
Abu Zar G'ifforiy (Islom o'g'li)
-
Yadi bayza - oq qo‘l. Ibrohim payg‘ambarning mo'‘jizasi.
Avsofi hamida - maqtovli sifatlar.
-
Azon - namozdan oldin etiladi........
Namoz - ollox buyurgan ish.......... (ming bor uzur namozga boshqacha ta`rif bera olmadim...)
-
Zul-jalol val-ikrom - buyuklik, ulug‘liq, izzat-ikrom egasi.
Mag‘firat - G’afur (kechiruvchi, Alloh) tomonidan gunoh - kechiril ishi.
-
IED-hayit ;))
-
Dargohi Ahadiyat - yakka, yagona Alloh dargohi.
Talbiya - Haq taolo amr - farmoniga labbay deb turish.
-
Tasbih
Asr - Asr namozi
PS: Faqat bitta shu islomiy o'yin topdim anchadan beri toxtab qolgan ekan shuni davom ettirsak yaxshi bo'lardi. To'g'risi hech ko'zim tushmagan ekan shu o'yinga, har hil bemaza o'yinlardan shu o'yin yaxshiroq.
-
Ramazon - muborak oy, barcha mo'minlar uchun ro'za tutish farz bo'lgan oy.
Nabiy - bandalarga yo'lboshlovchi qilib Alloh tomonidan yuborilgan zotlar
-
Yaqiyn-iymon so'zining sinonimi .
-
Yaqiyn-iymon so'zining sinonimi .
o'yin noto'g'ri ketvotdiyu, qoidalardi o'qilar
-
Ramazon - muborak oy, barcha mo'minlar uchun ro'za tutish farz bo'lgan oy.
Nabiy - bandalarga yo'lboshlovchi qilib Alloh tomonidan yuborilgan zotlar
Yasrib - Madinayi Munavvaraning avvalgi nomi
Basmala - Bismillahi Rohmani Rohim ning qisqartirilgani
-
Azon - namozga da'vat, chaqiruv, namoz vaqti kirganini bildiradi. Ilk bor Bilol r.a. tomonidan azon aytilgan.
Namoz - mo'minning me'roji :)
-
assalomu alaykum.
Zakot;
Islom dinida farz
bo'lgan ulug' ibodatlarning
to'rtinchisi molgazakot
berishdir.
Q ad R. Kechasi u kecha ming oydan afzaldir
-
Tavba. G'arg'ara holiga kelgunimizga qadar biz uchun keng ochib qo'yilgan katta darvoza.
Hadisi qudsiylardan birida Alloh taboraka va jumladan quyidagilarni aytadi. "Ey bandalarim, sizlar kechayu kundiz hato qilasizlar. Men esa gunohlaringizning barchasini kechiarman. Bas, shunday ekan mendan istig'for talab qilinglar, sizlarning gunohlaringizni (O'zim) kechiraman".
-
azon ibodatga chaqiriq
-
qoidala qani ,yuqoriga qaranglar