Sallolohu alayhi vasallam - Unga Ollohning salavoti va salomi bo'lsin.
Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomning nomlari zikr qilinganida salavot aytish Qur'on va xadis bilan sobit bo'lgan : "Albatta Olloh xam ,uning farishtalari ham Payg'ambarga duo-yu salavotlar ayturlar :
Ey mo'minlar ,sizlar ham u zotga salavot va salom aytinglar" (Axzob surasi,56)
Ollohning salavoti-raxmat,farishtalarning salavoti- istig'for .Yana aytiladiki,Olloh ta'oloning salavoti bu Olloh ta'oloning farishtalar xuzurida Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomga aytgan maqtovi,farishtalarning salavoti esa duodir.
(Termiziy rivoyati)