Munira xonim, siz loloni boshqacha tushunibsiz.
U musulmon musulmon haqiga hali so'ramasdan duo qilishini inkor qilayotgani yo'q.
Hozirgi masala - bir mo'min ikkinchi mo'minga xitob qilib "duo qiling mening haqimga" deyishi haqida. Bunda esa ba'zi sahobalardan bu ishni kareh ko'rganligi (yaxshi emas deganlari) rivoyat qilinadi. Sahobalardan Umar ibn Xattob, Sa'd ibn Abi Vaqqos, Huzayfa ibn Yamon, Zayd ibn Vahb Juhaniy raziyallohu anhumlar bunday qilishni xohlamas edilar, birovlar ularga shunday xitob qilishsa g'ashlari kelar edi. Mashhur tobeinlardan bo'lgan imom Ibrohim Naxaiy "Ular (ya'ni sahobalar) bir-birlari bilan suhbatlashib o'tirar edilar, birovlari ikkinchilariga "men haqimga istig'for ayting, duo qiling" demas edilar" deydilar.
Lekin, ba'zilar bu borada imom Abu Dovud rivoyat qilgan hadisga suyanishadi. Unda payg'ambarimizning hazrati Umarga qarab "Uka, duoingizda unutmang bizni" degan so'zlari naql etiladi. Lekin ulamolar sanadini zaif deyishgan, shuning uchun ko'pchilik ulamolar bu hadisni hujjat sifatida olishmaydi. Agar sobit bo'lganida hazrati Umarning o'zlari bu ishni yomon ko'rmas edilar, deyishadi.
Ko'pchilik ulamolar yuqorida kelgan dalillarni tahlil qilishib, "bu narsani odat qilib olish bo'lmaydi, aslida qilinmagani yaxshi, lekin birov shunday qiladigan bo'lsa, bundan o'sha "duo qiling" deyilayotgan odamni ham duo ibodatiga chorlayotgan bo'lsa, yaxshi. Unday bo'lmasa, sahobalar yoqtirmagan ishni qilipti" deyishadi.
Yuqoridagi man' (qaytariq)dan duosi ijobat ekani aniq dalil bilan sobit bo'lgan Uvays Qaraniy (imom Muslim sahehlarida kelgan) istisnodir, deydilar. Chunki, payg'ambarimiz u haqda gapirib, "qaysingiz uchrashib qolsangiz undan istig'for so'rang" dedilar.
Abu Dovudda kelgan hadisni hujjat qilib, duo so'rasa joiz degan ulamolar ham bor.