Maqollar guldastasi:
Qish g'amini kuzda ye.
*
Qo'rqqanga qo'sh ko'rinar.
*
Gilam sotsang qo'shningga sot, bir chetida o'zing o'tirasan.
*
Biyaning yugurigi yahshi, xotinning epchili.
*
Boy boricha, yo'q holicha.
*
Sihat tilasang ko'p yema, izzat tilasang ko'p dema!
*
Echkiga jon qayg'usi, qassobga - moy.
*
Tuxumini ko'rmaganga qoraqarg'a ham tovuq.
*
Yo'qni quvib, bordan ajralma.
*
Mingta sizu bizdan, bitta jizu biz yahshi.
*
Qiz chiqarganga qirq yil tegma. (Dolzarb va to'g'ri maqol-Habib)
*
Pulning onasi - tiyin.
*
Qilsa nasib, yeysan hasip.
*
Palovning qamchisi - choy.
*
O'rik o'rikdan rang olar.
*
Eshakka atlas to'qim ursang ham baribir eshak.
*
Fil tushida Hindistonni ko'rar.
*
Bo'ynidan bog'langan it ovga yaramas.