Bu mavzuda poraxo'rlik haqida gap ketgan ekan. Meniyam OVİR vizam tugagan, Vatanga kirishimda hech narsa deyishmaydi, lekin bilasizlar, bu viza bo'lmasdan hech qayerga chiqa olmaysiz. Ohirgi marta bu vizani beradigan joyda meni rosaaaa jinni qilishgan u yer bu yerlarga jo'natib, keyin bilsam dartlari pul ekan.
Menga pasporting chiqmadi, deyishdi, vaholanki men odamga(mayor edi) 10 dollar (shugina pulga o'zini eng yomoni Vatanini ham sotvoradigan odamlarimiz bor afsusss) berganimdan keyin tormasida turgan pasportimni bergandi menga. Birgina imzo otilishi kerak ekan.
Men boshda akamga "Bir tiyin bermayman, hammasini qonunan hal qilaman" deganimda akam, nima qilasan o'zingni qiynab, qo'liga besh-o'n ming ber, darrov bersin, degandilar. Men esa gunohga kirib nima qilaman, deb oyoq tirab olgandim. Qarasam mayor meni vaqtimni olyabdi, biletim kuyadigan. Qolaversa Turkiyadagi talabalik vizam ham tugayotgan edi...
Endi o'ylab o'tiribman, bu safar qancha berarkanman, deb....Bu narsa odamni yomon siqvoradi-da. İnson o'z uyiga borganda hech bo'lmasa shu yugir-yugirlarni o'ylamasa, deyman.
Haaa, bazan inson hech narsa deya olmaydi bu tur voqealar qarshisida.