Quroni karimda nechta sakta orinlari bor?
4 ta: Kahf – 1, Yasiin – 52, Qiyomat – 27, Mutoffifin - 14
Quroni karim nozil bolgan gor hozirgi kunda qanday nomlanadi?
Qur’oni Karim oyatlari ilk nozil bo’lgan g’or nomi Xiro bo’lib Nur tog’ida joylashgan
Quroni karim qaysi sahobiy davrida jamlangan va qaysi sahobiy davrida harakatlangan?
Qur’oni Karim Abu Bakr r.a. davrida jamlanib, Usmon r.a. halifalik davrlarida nusxa ko’paytirilib chet mamlakatlariga jo’natilgan
Quroni karimda nechta sajda oyatlari bor?
(bu savol qaytarilgadi…)
Qur'oni Karimning 14 surasida 15 ta sajda oyatlari mavjud. Ular:
A'rof surasi (206 - oyat)
Ra'd surasi (15 - oyat)
Nahl surasi (49 - oyat)
Isro surasi (107 - oyat)
Maryam surasi (57 - oyat)
Haj surasi (18 va 77 - oyatlar)
Furqon surasi (60 - oyat)
Naml surasi (25 - oyat)
Sajda surasi (15 - oyat)
Sod surasi (24 - oyat)
Fussilat surasi (37 - oyat)
Najm surasi (59 - oyat)
Inshiqoq surasi (21- oyat)
Alaq surasi (19 - oyat)
Quroni karimdagi eng gozal qissa?
Yusuf (a.s.) haqlaridagi qissa.
Quroni karimdagi fotiha surasining nechta ismi bor va ular qaysilar?
Fotiha
Ummul Kitab
Sab’ul – masaniy
Ummul-Qur’on
Qurtubiyning tafsir kitoblarida esa : Al-Vaafiya, Al-Kaafiya, Al-Shaafiya, Al-Asas, Al-Hamdu … bo’lib keltirilgan
Qaysi sura basmalasiz boshlanadi va nega unday?
Takrorlash ilmni yarmi deyilarmidii
…. Nima bo’lsa ham javob quyidagicha
Bu yerda shu savolni javobi keltirilibdi
Savol:Qur'oni Karimda birgina surada "basmala(bismilloh)" aytilmaydi, bu qaysi sura?
(..nima sababdan aytilmaydi, bu ösha zamondagi voqealarga daxldor, shu haqda ham agar bilsangiz yozinglar).
Bu - Tavba (Baroat) surasi.
"Bismilloh"siz boshlangan. Bunga sabab, - deya olimlar birnecha xususlarni keltirganlar.
Shu jumladan:
"Tavba surasi - o'zidan oldingi Anfol surasining davomidir" (shu tufayli Bismilloh aytilmagan) deydiganlari ham bor...
So'ng, surada asosan mushriklar, la'natga uchraganlar, munofiqlar, Tabuk jangi haqida ham so'z boradi.
Ular haqida aytilayotganda Bismillahir Rohmanir Rohiym
(ALLOHning Mehribon va Rahmli ekanligini) aytish to'g'ri emas, ularga azob bordir,
shu tufayli mazkur sura - "Bismilloh"siz boshlangandir, deydilar.
Quronda necha marotaba Robbana sozi takrorlangan?
hmmm ?
Qurondagi qaysi sura nozil bolganda sahobai kromlar juda mahzun bolishgan?
Moida – 3 : Bugungi kunda Mеn sizning diningizni mukammal qilib bеrdim. Sizga nе'matimni batamom qildim. Va sizga Islomni din dеb rozi bo'ldim oyati bo’lsa kerak. Ya’ni bir tomondan Rasululloh s.a.v ning vazifalari tugaganligi, vafotlari yaqinligiga ishora borligidan
Quroni karimdagi oyatlar necha qismga bolinadi?
Ikki qism bo’lsa kerak. Masalan
Makkada nozil bo'lgan oyatlarda tavhidga doir masalalar
Madinada nozil bo'lgan oyatlarda sha’riyat hukmlarga oid masalalar keltirilishi jihatidan