Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh taolo azza va jalla haqida bunday deb aytdilar: «Olloh taolo xayrli ishlar birlan yomon ishlarni bandalarining peshonasiga taqdiri azal qilib bitgach, ular haqida bunday deb birma-bir bayon qildi: «Kimdakim bir savob ish qilmoqni qasd aylagaydiru, ammo (biror sababga ko‘ra) qilolmay qolgaydir, Olloh taolo o‘sha qilinmay qolgan xayrli ishni qilingan hisoblab, unga o‘z dargohida to‘liq savob yozib qo‘ygaydir. Kimdakim bir xayrli ishga bel bog‘lagaydiru, uni amalga oshirgaydir, Olloh taolo unga o‘z dargohida o‘ndan yetti yuzgacha va bundan bir necha barobar ko‘p savob yozib qo‘ygaydir. Kimdakim bir yomon ish qilmoqni qasd aylagaydiru, ammo o‘zini tiyib qilmagaydir, Olloh taolo (yomonlikdin qaytgani uchun) unga o‘z dargohida to‘liq savob yozib qo‘ygaydir. Kimdakim bir yomonlikni ko‘zlagaydiru, uni amalga oshirgaydir, Olloh taolo unga o‘z dargohida bir yomonlik qilganlik gunohini yozib qo‘ygaydir».
Buxoriy rivoyati, sahih