Pipetkadagi "tushlik"
Isroil universiteti olimlari yaqinda ozishni hohlovchi lekin o'z apetiti bilan kurasha olmaydigan insonlar uchun BL-3020 nomli yangi dori ishlab chiqdilar. Preparat Hazm qilish organlariga tushganidan so'ng yahshi hazm bo'ladi va qonga o'tib, miyagacha yetib boradi.Miyaga yetib borgach odamdagi to'qlik hissiga javob beruvchi gormon chiqarish faolligini oshiradi. Dorini qabul qilgan inson to'qlik hissini uyg'otib, ishtahani bo'g'adi.
Amerikanign Solka( Kaliforniya shtati) unversiteti olimlari esa bundanda g'aroyib dorini ommaga havola qilishmoqchi. Yani sport o'rniga tabletkalar!lekin bu preparat hozircha tajriba sichqonlarida yahshi natija ko'rsatdi. Odamlarda esa hali sinab ko'rishmadi. Bu tabletkalar ko'p harakat qilmasdan, sport bilan shug'ullanmaydigan insonlar uchun, yahshi formada bo'lib o'zlarini huddi sportchilardek his qilishga yordam berar ekan.
Bu malumotlarni shu mavzuda keltirganimning boisi.Menimcha Olimlarning bunchalar " jon kuyarlik" bilan turli tuman kerak, kerakmas dori darmonlar o'ylab topishlari ham odamlarning dorilarga ko'proq murojat qilishlariga sabab bo'lib qolmoqda.