Bir kelib holimni sultonim tamosho qilmadi,
Bedavo dardimga rahm aylab, mudovo qilmadi,
Ayrilib andin ko`ngul tarki tamanno qilmadi,
Toshbag`irlik yor faryodimg`a parvo qilmadi,
Yusuf ishqida bu ishlarni Zulayxo qilmadi,
O`tti Vomiq dahridin yodini Uzro qilmadi,
Motami Farhodni Shirin taqozo qilmadi,
Layli hijronida Majnun men kabi yoqilmadi,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.
Nodira.