Anas Ibn Molikdan rivoyat qilinadi:
-Bir joyda Rasululloh o'tirgandilar, ul zotning kulimsiraganini ko'rdik. Shunday jilmaydilarki,ikki oldinga tishlari ko'rindi.Umar"Nega kuliyapsiz, ey Ollohning Rasuli?''-dedi.Rasul buyirdilarki:
"ummatimdan ikki odam Olloh huzurida hisoblashdilar.Biri"Ey Rabbim,-dedi,-birodarimdan haqimni olib ber!"Olloh unisiga:"Birodaringning haqini ber" deb buyurdi.U dediki" Ey Rabbim savoblarimdan biron narsa qolmadi".Bu safar Olloh haq so'raganga"Savoblaridan biron narsa qolmabdi endi nima qilasan?"-dedi.U dediki" Ey Rabbim gunohlarimdan olsin"(Bu so'zni aytayotganda RAsulullohning ko'ziga yosh keldi).So'ngra buyirdilarki"Bu hodisa ulug' bir kunda sodir bo'ladigan narsadir.U kun insonlar o'z gunohlarini boshqalarga o'tkazishga muhtojlik his qiladilar".