Ilm va ziyo > Ma'rifat

Abituriyentlarga yordam: ona tilidan tayyorlov kurslari

<< < (37/38) > >>

Robiya:
25.5. Ko’p nuqta, undov va so’roq belgilarining birikkan holda kelishi.
1.So’roq mazmuniga qaraganda his-hayajon kuchli bo’lgan so’roq gaplardan keyin undov va so’roq belgisi birikkan holda (!?) qo’yiladi: Go’zallik olamni qutqarishiga kim ishonmaydi!?

2.Kuchli his-hayajon bilan berilgan savolni ifodalaydigan so’roq gaplardan so’ng so’roq va undov belgisi birikkan holda qo’yiladi: - A?! — Xonkeldiyeva turgan yerida surat bo’libv qoldi. — Direktorimiz-a?! (H.G’.)

3.Kuchli his-hayajon ifodalangan va mazmunan tugallanmagan gaplardan keyin undiv belgisi va ko’p nuqta birikkan holda (!..) qo’llanadi: - Nafisa!.. Nafisaoy!.. — dedi Aziz o’pkasi yumshab, ko’zlariga qaynoq yosh keldi. (H.G’.)

4.Mazmunan tugallanmagan so’roq gaplardan so’ng so’roq belgisi va ko’p nuqta birikkan holda (?..) ishlatiladi: - Nima dedingiz! Bularning hammasi men uchun?..

Robiya:
25.6. Vergul.
Vergul quyidagi o’rinlarda qo’yiladi:
1.Uyushiq bo’laklar orasida: 1) bog’lovchisiz birikkan uyushiq bo’laklar orasida Andijon, Namangan, Qo’qon, Marg’ilon — O’zbekning chamani, bog’u bo’stoni. (G’.G’.); 2)Takrorlanuvchi bog’lovchilar bilan birikkan uyushiq bo’laklar orasiga: U goh kulimsiraydi, goh chuqur o’yga toladi.; 3) Zidolovchi bog’lovchilar yordamida birikkan uyushiq bo’laklar orasiga: Zamiraning baland, ammo mayin ovozi bor edi. (P.Q.)

2.Undalmalarni ajratish uchun: Ertaga, azizim, toqqa jo’naymiz.

3.Kirish so’zlarni va tuzilishiga ko’ra murakkab bo’lmagan kirish gaplarni ajratish uchun: Xullas, ertaga shu yerda yig;iladigan bo’ldilar. Men sizga aytsam, odamning yomoni bo’lmaydi.
4.   Ha va yo’q so’zlarini gap bo’laklaridan ajratish uchun: Ha, bu gapingiz to’g’ri. Yo’q, ertaga kela olmaymiz.

5.Gapning ajratilgan bo’laklarini ayirib ko’rsatish uchun: "œBiz, 22-guruhda o’quvchi qizlar, Xayriniso ham biz bilan yonma-yon turib o’qishini istaymiz".

6.Bog’lovchisiz bog’langan qo’shma gaplarda: Eshik ochildi, ichkariga muzday havo yopirilib kirdi.

7.Va, ham, hamda, yoki (yolg’iz kelgan)dan boshqa bog’lovchilar bilan bog’langan qo’shma gaplarda: Hamma gapirdi, lekin u bir chekkada xomush o’tirar edi.

8.Ergash gaplarni ajratish uchun: Hamma yig’ilgach, majlis boshlandi.

9.Muallif gapini ko’chirma gapdan ajratish mumkin: - Bugunga qilgan ezgu ishlarimiz, - dedi ota, - kelajak uchun mustahkam poydevor vazifasini bajaradi.

Robiya:
25.7. Nuqtali vergul.
Nuqtali vergul quyidagi o’rinlarda qo'yiladi:
1.O’z ichiga vergul bo’lgan yoyiq uyushiq bo’laklar orasida: Mehnat, ijod, odam sharafi; Dil yorug’I, hayot quvonchi Hammasining asli manbai Sen, Vatanim — tinchlik tayanchi (S.Nazar)

2.O’z ichida verguli bo’lgan, mazmunan ma’lum darajada mustaqillikka ega soda gaplar orasida hamda har xil turdagi gaplarni o’z ichiga olgan qo’shma gaplarda: Daraxtlar shitirladi, kuzning salqin nafasi yuziga urildi.

Robiya:
25.8. Ikki nuqta
1.Uyushiq bo’laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi so’zdan oldin: Yig’ilishda tajribali ishchilar: Salim aka, Abdukarim aka va Sobirjonlar so’zga chiqishdi.

ESLATMA: Ba’zan umumlashtiruvchi so’z yashirinishi mumkin, lekin ikki nuqta qo’yilaveradi: Qilinishi kerak: traktorlar ta’mirdan chiqarilsin, ishchilarga yetarli sharoit yaratilsin.

2.Quyidagi ma’nolarni ifodalagan bog’lovchisiz qo’shma gaplarda:

1)Bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish-harakatning sababini ko’rsatsa: U ichkariga shoshib kirib keldi, telefon anchadan beri jiringlayotgan ekan.

2)Bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish-harakatning natijasini ko’rsatsa: Shamol juda zo’raydi, daraxtlarning ancha-munchasi sinib tushdi.

3)Agar biror gap boshqa bir gapning mazmunini to’ldirsa yoki izohlasa: Vazifangiz shu: bironta odam bu xonaga kirmasligi kerak.

3.Ko’chirma gapdan oldin, muallif gapidan so’ng: U baland ovozda so’radi: - Kim bor?

Robiya:
25.9. Tire
Tire quyidagi o’rinlarda qo’yiladi:

1.Ot, son, olmosh va harakat nomi bilan ifodalanib, kesim bilan bog’lamasiz birikkan ega va kesim orasiga: O’zbekistonning poytaxti — Toshkent. Ikki o’n besh — bir o’ttiz.O’qish — hayotni uqish.

2.Uyushiq bo’laklardan so’ng kelgan umumlashtiruvchi so’zdan oldin: Akam, opam va singlim — barchasi meni kutib o’tirishgan ekan.
3.Ajratilgan bo’lak bilan izohlanmish bo’lak orasiga: Men — Valiyev Mahmud, 1954 yilda Toshkentda tug’ilganman.

4.Kirish gap bilan gap bo’lakl;ari orasiga: Tunov kungi ovchi — men uni o’rmonda uchratib qoldim — menga qiziq bir voqeani so’zlab berdi.

5.Muallif gapi bilan ko’chirma gap orasida: - Bugun kelasizmi? — so’radi qizi.

6.Dialog tipidagi ko’chirma gaplarda: -Keldimi? — Keldi.

7.Kutilmagan voqea-hodisalarni ifodalagan gaplardan oldin: Kecha sizlarnikiga brogan edim — Asqarjon kelibdi!

8.Zid ma’noli bog’lovchisiz qo’shma gaplar orasida: Jismimiz yo’qolur — o’chmas nomimiz.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version