Dugonam bilan navbatdagi suhbatdan namuna "cha" - Shu desangiz, o'qishni tugatgach ishlamoqchimasman. Maza qilib uyda o'tirmoqchiman, ilm o'rganmoqchiman (diniy).
Dugonam hayrat to'la ko'zlari bilan shunday deydi:
- Voy, nega unaqa deysiz? Nega o'qidingiz unda shuncha yil qiynalib?
- Birinchidan, men qiynalganim yo'q, Allohga shukr. Ikkinchidan, o'qishni nimasi yomon, kelajakda kerak bo'ladi inshoAlloh!
- Baribir, Siz biror muassasada ishlab,ko'p kishiga foyda keltirishingiz mumkin. Dars bersangiz ancha manfaatli bo'lardi.
- Kitobda o'qigandim: O'z oilasi (farzandi)ni tarbiyasini uddalagandan keyingina, zarurat tug'ilsa, boshqalarga ta'lim berish joiz...
- Baribir, hozirgi zamonda ishlamayman desangiz, sizga hech kim uylanmaydi...
- Nahotki?..
- Ha, ilgari o'qimagan qizlarni izlashsa, hozir katta pul topadigan, o'qimishli qizlar qidiruvi kuchaygan.
- Nahotki?..
- Ha, shunaqa zamonamiz odamlari o'zgaryapti dugonajon...
- Bilmadimu, lekin uyda o'tiraman deydigan qizlar ham kam - ov menimcha...
- Albatta-da
- Ha mayli, Allohdan afzalini so'raymiz...