forum.ziyouz.com
Jamiyat va inson => Pazandalik => Mavzu boshlandi: Ansora 29 Sentyabr 2010, 14:58:37
-
:as:
Azizlar, "Foydali maslahatlar" mavzusi bor, lekin oshxona va taomlar bilan bog'liq maslahatlarni alohida mavzuda joylasak, qidirib vaqtimiz ketmaydi, deb o'ylab, yangi mavzu ochishga qaror berdim.
-
1. Yangi tova sotib olganingizda avvalo ichiga bir miqdor sirka solib qaynating. Shunday qilsangiz, kelajakda qizartmalaringizni tovaga yopishib qolishini oldini olgan bo'lasiz.
2. Siqilgan limon qobiqlarini tashlamasdan qirg'ichdan o'tkazing, shakar bilan aralashtiring va bankaga solib muzxonaga qo'ying. Bu aralashma uzun muddat aynimaydi. Tort yoki shirinlik qilayotganingizda vaqtingiz ketmaydi:)
-
3. Pishloqni oson qirmoqchi bo'lsangiz, 15 daqiqa muzxonaga qo'ying.
4. Pechenyelaringiz yumshab qolgan bo'lsa, ularni bir necha daqiqa duxovkada "qotiring".
-
5. Tomatingiz judayam nordon bo'lsa, ichiga 1 dona sabzini qiring. Sabzi nordonligini oladi.
6. Qo'ziqorinlaringiz yana ham lazzatli bo'lsin desangiz, tozalagandan keyin ustiga tuz va limon suvi seping. 5 daqiqadan keyin pishirishingiz mumkin:)
-
Ajoyib!!!! Juda to'g'ri o'ylab ochibsiz.Mendan ham ba'zi maslahatlar:
7. Qo'ziqorinlarni kilolab olgan bo'lsangiz. Ularni birinchi navbatta qaynatib qo'ying, chunki qo'ziqorin tez ayniydi. Qaynatib qo'ysangiz hohlagan payt taomlar uchun ishlatsangiz bo'ladi.
8. Noningizni suvi ketib qolgan bo'lsa, mantiqasqon listlariga terib, 10-15 daqiqa parda ushlang. Shundan so'ng dasturxonga yangi uzilgan nonday tortib, oila a'zolaringizni hursand qilasiz.
-
bodiringni postini archishdan oldin ohirgi tomonini (yani dumini) dumaloq shakilda kesib bir biriga oq kupigi chiquncha ishqalasangiz achigi ketadi
-
Assalomu alykum.Kapalak opa albatta bu mavzuni sizdan kutgandik.Alloh rozi bo'lsin.
Mandan ham bazi maslahatlarni qabul qilila:
1)Muzlatilgan sabzavotlani muzidan tushirmay to'g'ri qaynoq suvga soling.Shunda ular mazali bo'lib,vitaminlari yaxshi saqlanadi.
2)Agar sabzavotla tuzli suvda pishirilsa,vitaminlarning 70%i yo'qoladi.Shuning u-n pishish oldidangina tuz seping.
3)Kartoshka yaxshi artilishi u-n uni tuzli sovuq suvda biroz ushlab turing.
Hozircha shular.Allohdan barchangizning oshxonangizga halolidan barokatli rizq so'rab qolamiz.
-
Assalomu alaykum.
1)Past olovda qovurilgan tuxum mazali chiqadi.
2)Sho'rvaga solingan kartoshka ezilib ketmasin desangiz, bir necha joyiga sanchqi suqib qo'yin.
3)Ortib qolgan osh, shovla, qovurma kabi taomlar qayta isitiladigan bo'lsa, ularga bir bosh piyozni maydalab to'g'rab qo'shib yuborin.Bu ovqatning ta'mini asl holiga keltiradi.Alloh dasturxoningizga baraka bersin.
-
Suti qaynatish oson, lekin toshib ketishi tez-tez uchrab turur,
Buni oldini olish uchun, qozoni chetiga ozgina yog' surtib qoysez toshmaydi.
-
Assalomu alaykum.
1)Agar pishirig'ingiz tegi kuygan bo'lsa,uni qirg'ichning mayda tishi orqali ketkizishingiz mumkin.
2)Tvorogli pirogni pishirayotganda ustida yoriqlar paydo bo'lmasligi u-n uni isitilmagan gaz pechiga solib,sho'ng olovni yoqish kerak.
-
1)Agar bodring achiq bo'lsa,uni archib,shakar qo'shilgan sutda ushlab turing.Achchig'i ketadi.
2)Yorilgan pomidor pix bog'lamasligi uchun yorilgan joyiga tuz sepib qo'ying.
-
Xantal kukunini suv bilan emas sut bilan aralashtirsangiz u mayinroq va sekinroq quriydigan bo'ladi.
Barraligini yo'qotgan sabzavotlarni 1-1,5 soat 3-4 choy qoshiq uksus qo'shilgan muzdek suvda qo'yib qo'ysangiz Svejiy bo'lib qoladi.
-
Agar qattiq achigan bo'sa magazinga borib qaytarib kelin.
-
:bs1:
:as:
Chet davlatlarning oshxonalarida tutundan signal chaladigan narsasi bor. Maslahatim ovqat qilishdan oldin o`sha signalizatsiyani o`chirib ovqat qilin, aks holda ovqatning hididan ham signalizatsiya ishlab ketadi.
Signalizatsiya yoq uylada ovqat qilsez, oyna va eshiklarni yopib qo`yin bo`lmasa boshqa xonalarga ovqat hidi urib ketadi. :)
-
Agar qattiq achigan bo'sa magazinga borib qaytarib kelin.
Belle honim mana shu maslahatga gap yo'q lekin ::) :D
-
1) Kotlet farshiga tuhumning faqatgina sarig'ini qo'shing. Chunki kotletlarni qovurish jarayonida tezroq pishib go'shtni siqib suvini chiqarib yuboradi, nayijada kotletlar quruq bo'lib chiqadi.
2) Pishloq biroz suvsizlanib yani ozgina eskirib qolgan bo'lsa uni sutga solib qo'ying shunda pishloq o'zining avalgi holatiga qaytadi.
3) Pomidorni po'stlog'idan ajratib olishingiz yengillashishini hohlasangiz, pomidorni archlashdan avval qaynoq suvga solib so'ng sovuq suvga solib oling.
-
Assalom aleykum. Turli hil souslar yoki pishiriqlar reseptida ko'pincha oq vino ham yozilgan bo'ladi. Avvalari bunday taomlarni ummuman tayyorlamasdim. Lekin yaqinda bir pazanda opadan oq vinoning o'rnini shakarning sirka(uksus)dagi eritmasi bosishim bilib oldim. endi oq vino qo'shiladigan barcha pishiriq, souslarni shun day eritma solib tayyorlayapman. Hamma muslima opa-singillarga tavsiya qilaman.
-
Piyoz to'g'rash jarayoni ko'z yoshlarsiz o'tmaydi albatta . lekin ko'z yosh to'kmaslikning bir necha yo'lli bor!
1) Piyoz to'g'rayotganingizda yoningizga bir piyola suv olvoling. Suvdan ichib tursangiz bunday holatdan qutilasiz.
2) Piyozlarni archlab holodilnikka qo'yib qo'ying( Ovqat qilishdan 2-3 soat oldin.)
-
:as:
Ovqatning rangini qizartirish uchun ishlatiladigan tomat bankasini ochganimizdan so'ng, bir necha kun o'tib tomatning ustgi qismi mog'orlashni boshlashi mumkin. Lekin bunday holat yuz bermasligi uchun tomatning ichiga pista yog'ini quyib qo'yishingiz mumkin.
-
Baliq qorurganimizdan so'ng, baliq hidi osonlikcha tovadan ketmaydi. Shuning uchun baliq uchun alohida tova yoki qozon ishlating. Yo bo'lmasa, idishingizni ko'piklab yuvgandan keyin quritib, limon bilan arting.
-
Tuz nam tortib qolmasligi uchun tahta idishda saqlang.
-
oshni(har qandae ovqat) tuzi baland bosa (shor) ichiga bir bosh piyoz tashlansa shorligini tortib oladi
-
Baliq qovurgan yog'ingizni ko'pi bilan 2 marta ishlating.
Kartoshka qovurgan yog'ingizni esa 3-4 marta ishlatishingiz mumkin.
-
İshlatilgan limon qobiqlarini quyoshda quritib, qozon, kastrulkalarni sirtini yuvishda ishlatsangiz idishlaringizni yaltiradi.
Muzlatgichingizni yana ham yaxshi muzlatishini xohlasangiz muzlatgichni ichiga bir halta tuz qo'ying. Sababi tuz namni tortib olib, muzlatgichingizni yana ham yaxshi ishlashiga yordam beradi.
-
Gazli ichimliklarni gazi chiqmasligi uchun ularni muzlatgichga teskari joylang.
Yalpizni to'grab ishlatmoqchi bo'lsangiz tog'ragandan keyin ustiga biroz shakar seping, yalpizni hidi yana ham o'tkirlashadi.
-
Tuxumning oqini qanchaligini hammamiz ham bilavermaymiz, bir dona tuxumni oqi 30 gr ekan:)
Kolbasalar bazan ustidagi terisi oqarib, quriy boshlaydi, siz kolbasalarni limon bilan arting.
-
Guruch, fasol va shunga o'hshash mahsulotlarni qopqoqli bankalarda saqlang. Qurt tushmasligi uchun bankani ichiga 3-4 dona sarimsoq tishi solib qo'ying.
Bazan bankalarni ocholmay qiynalamiz, bunday holda siz bankani tagiga qattiq shaklda uring:)
-
Ahli oilasi uchun yahshi sharoitlar yaratib berishda quyidagi maqola ancha asqotar ekan. Ilindim...
Ошхона
(http://www.countryliving.com/cm/countryliving/images/Tp/kitchen-reno-1-de.jpg)
Ошхона ишларидан снг ксп вақт оладигани овқат тайёрлашдир. Овқат тайёрлаш учун ошхонада махсус жиҳозлар бслиши лозим; уларнинг турлари ва слчами уй (квартира) тузилиши ва оила аъзоларининг сонига боғлиқ бслиб фойдаланиш учун қулай қилиб жойлаштирилиши зарур. Бундай жиҳозлар маҳсулотлар ва идишларни ювиш қурилмаси, маҳсулотлар ажратиб тайёрланадиган ва ошхона идишлари сақланадиган стол-шкаф, қуруқ маҳсулотлар сақланадиган осма шкафлар, жавонлар, шунингдек газ плита ва музлатгичдан иборат. Ювиш қурилмаси тагидаги шкафга чиқиндилар учун қопқоқли челак қсйиш тавсис стилади. Агар ошхона каттароқ бслса, у ерга қсшимча жиҳозлар: иссиқ овқатларни сузиш ва схна таомларни солиш учун зарур бслган идишлар қсйиладиган стол-шкаф, овқатланиш столи, стуллар ва бошқаларни жойлаштириш мумкин. Газ плитасининг юқорисига ошхонанинг ҳавосини тозалайдиган ҳавотозалагич (слектрофильтр) срнатиш керак. Ювиш қурилмаси плита билан ёнма-ён жойлашмагани маъқул. Акс ҳолда унга сув сачраши мумкин. Лолга қсйиладиган ошхона жиҳозлари полдан бир хил баландликда (снг қулай баландлик 85 см) бслиши керак. Деворга қоқиб срнатиладиган шкафлар иш столи юзасидан 55 см баландга жойлаштирилиши лозим. Агар шкаф пастроқ жойлаштирилса, ишлаётганда халал беради, баландроқ жойлаштирилса, юқори токчалардан фойдаланишда ноқулайлик туғдиради.
Одатда, ошхона жиҳозлари тартиб билан жойлаштирилади.
Ошхона деворлари намга чидамли бслиши керак. Деворларни мойбсёқ билан бссш кенг тарқалган. Деворларни оч рангларга бссш тавсис стилади, бунда ошхона ксзга кенгроқ ксринади; ҳаво ранг, оч сшил, кулранг (деразалар жануб томонга қараганда) ёки оч новвот, ним пушти, зарғалдоқ (деразалар шимол томонга очилганда) каби рангларга бссш мақсадга мувофиқдир; бсслган деворлар сирти слтироқ бслмагани маъқул — бунинг учун бсёққа скипидар ва бср ксшиш керак. Деворлар мойбсёқ ёки поливинил-аяетат бсёқлардан ташқари гигиеник сифатларга сга бслган плёнкали гулқоғозлар билан пардозланади. Девор шкафлари срнатилади-ган жойлар мустаҳкам, иссиқ ва намга бардошли материаллар (сирли сопол плиталар, ёғоч толали смаль плиталар, безак қаватли қоғоз пластика) билан қопланиши лозим. Уларнинг ранги деворлар ранги билан ошхона мебели рангига мувофиқ бслиши керак. Ошхонада иш жойларининг сунъий ёритилишига алоҳида аҳамист бериш лозим. Аруғлик иш бажарувчининг чап томонидан ёки тепасидан тушиб тургани маъқул.
Ошхоналардаги ёритқичлар шипнинг сртасига срнатилади. Ошхонада юмушлар учун қулай шароит сратиш мақсадида қсшимча ёруғлик манбаларини срнатиш маъқул.
Манба (http://doctor.uz/articles/image/uy_shinamligi/oshhona.html)
-
Pitsangiz lazzatli bo'lish uchun pitsaning maydalangan pishlog'ini duxovkaga qo'yishdan oldin sepmang. Pitsani duxovkadan olishdan 3 daqiqa oldin pishloqni seping.
Hamirdan tayyorlaydigan pishiriqlaringizda foydalanadigan uningizni oldindan elasangiz, un zarralarining orasiga havo to'lib, hamiringiz yana ham yaxshi shishadi.
Milfoy hamiri (yog'li hamir) duxovka listiga yopishmasin, desangiz listni yog'laganingizdan keyin ustiga galeta uni (quritib maydalangan nonni uvog'ini) seping.
-
Tort pishganidan keyin qolibidan oson chiqishi uchun 10 daqiqa kuting.
Markettan olingan pechenyelarni uyda yaxshi yopiladigan shisha idishlarga joylab saqlasangiz tez namlanmaydi.
Undan tayyorlanadigan tort, keks va pechenyelarni hamiriga biroz limon suvi qo'shilsa hamir yana ham yaxshi shishadi.
-
Hamir ochgandan keyin odatda stolni, marmarni ustini tozalash qiyin bo'ladi. Shuning uchun oson bo'lsin deya hamir yopishgan joylarga biroz tuz seping va namli bez bilan arting.
Tort hamiri tayyorlashda bazan g'adir budir bo'lib qoladi. Bu holda hamirni ichiga 1 dona tuxumni sarig'ini qo'shib hamirga yediring.
Un bilan tayyorlanadigan shirinliklarga oz miqdorda tuz solsangiz mazasi yana ham yaxshi bo'ladi.
-
Balki bu maslahatni ko'pchilik bilar. Oshxonadagi gaz plitasini yuvaverish joningizga tekkan bo'lsa, alyumin folgasini ustiga yopib qoying. Ya'ni gaz plitasi ustki qismini qoplang. Shunda hadeb ifloslanmaydi, yuvib charchamaysiz. Folgani olib tashlab, yangisi qo'yasiz, ish bitdi hisob...
-
agar kartoshka yokiy piyoz uyda qomasa, hech ham hovotir olmasdan bozorga chiqib keling.
-
Баъзи сузларни таржима килишда ёрдам берсангизлар, олдиндан рахмат.
квашеннас капуста - тузланган карам(ми?)
кислас капуста -
молочнас кислота -
питательнс‹е составлсюс‰ие -
питательнс‹х вес‰еств -
сельдерей -
спеяии - зирворлар (ми?)
приправа -
кочан - бош (карамми?)
Морскас водоросль - денгиз усимликлари (ми?)
-
Forumdoshlar bilganlar yordam bersangiz tepadagi savollarga javoblarni, yoki o'zbekcha-ruscha lug'at linkini bersangiz. tarjimamni tugatishim uchun kerak edi.
oldindan rahmat
-
Forumdoshlar bilganlar yordam bersangiz tepadagi savollarga javoblarni, yoki o'zbekcha-ruscha lug'at linkini bersangiz. tarjimamni tugatishim uchun kerak edi.
oldindan rahmat
Humayro, siz bu postni bu mavzuga yozing, ana shunda ko'proq diqqat tortadi:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=5783.0
lug'at linki:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3228.msg157814#msg157814
-
Mana bunisi Ruscha -O'zbekcha lug'at linki
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=6371.0
-
Man u mavzuni bilmaganim sabab shu erga yozgandim, uzr. endi bilvoldim.
Lekin qiziq, bu erda bo'lsa javob bermaymiz deb so'z berishganmi deyman forumdoshlar )
Rahmat yordamingiz uchun. Alloh rozi bo'lsin
-
Javob berishmaydi emas, bu tomonga hammayam e'tibor beravermaydi, menimcha...
-
agar kartoshka yokiy piyoz uyda qomasa, hech ham hovotir olmasdan bozorga chiqib keling.
Bozorga chiqshdan oldin pul ham ovolin siz.
-
agar kartoshka yokiy piyoz uyda qomasa, hech ham hovotir olmasdan bozorga chiqib keling.
Bozorga chiqshdan oldin pul ham ovolin siz.
Va mashina minmang, uydagilar och qoladi bo'lmasam:)
Bekorchi gaplar bilan to'ldirmaylar, heyyy barakatopgurlar:)
Baliq qovurganimizda uyda (domda yashaydiganlar albatta) hidi qolishidan shikoyat qilamiz. Buniyam chorasi bor ekan. Baliq qovura boshlaganingizda alohida qozonda suvni ichiga limon, har xil ko'katlar solib qaynating. Bular baliqni hidini oldini olarkan.
-
Аzizlarim men sizlarga maslahat bera oladigan pazanda emasman lekin maslahatlaringizga muhtojman. Tuxumli do'lmani suvda qaynatsam yorilib ketyapti. Buni qande oldini olsam bo'ladi?
-
Аzizlarim men sizlarga maslahat bera oladigan pazanda emasman lekin maslahatlaringizga muhtojman. Tuxumli do'lmani suvda qaynatsam yorilib ketyapti. Buni qande oldini olsam bo'ladi?
Men hech qilib ko'rmaganman, balki Chustiyni oshxona manzillariga qarab ko'rarsiz:)
-
Achitqili hamirni juda issiq joyga
qo'ymang. Aks holda hamir
oshmay, achib qolishi mumkin.
Kartoshka qaynayotgan suvga bir
necha tomchi sirka tomizilsa,
qorayishining oldi olinadi.
-
Novshadil spirti bilan qahva
dog'larini ketkazish mumkin.
Piyoz yoki baliq tozalaganda
qo'lingizdan nohush hid kelib
qolsa, qo'lingizga tuz surtingda,
iliq suvda yuvib tashlang.
-
Qattiq hamir sovuq suv bilan
to'ldirilgan shisha idishda yoyilsa,
tez va tekis yoyiladi.
-
Jigarni qovurishdan avval o'zroq
shakar sepib olsa xam bo'ladi.
Bunda jigar tez pishadi. Lekin
shakarni ko'p sepib yubormang.
Ortiqcha shakar jigarning yaxshi
yetilmay, kuyib qolishiga sabab
bo'ladi.