Har-xil ta'lim maskanlari, shifoxonalar, katta trassalar va boshqa joylarda ham milliy bayramlar munosabati bilan osib qo'yilgan qisqa tabriklarga ko'zimiz tushadi. Bayramona kayfiyat yanada uyg'unlashadi.
Yaqinda bir joyda ko'rdim, 14-yanvar Vatan ximoyachilari kuni, deb yozib qo'yibdi. Aslida "h" yozilishi kerak. Chetdan qaraganda, bu tilga e'tiborsizlik hisoblanadi. Bu xatoliklar o'sib kelayotgan avlodlar ma'naviyatiga salbiy ta'sir ko'rsatmasmikin, deb qo'rqaman.