Assalomu alaykum Nargiza opa savolda hazrati paygambarimiz s .a.v nikohlariga olgan vaqtlarida eng yoshi ulug' bolgan onamizni soradingizmi,yoki eng kop yashagan ummul mo'miniynni soradingizmi .CHunki hayot vaqtlarida nikohlarida bo'lgan eng yoshi ulug' onamiz Savda binti Zam'adir deyilgan. Adashgan bo'lsam Alloh kechirsin.
Va alaykum assalam.
Mastura, bu savolda Rasululloh s.a.v. nikohlariga olgan paytlarida eng yoshi ulug' ummul mo'miniynni so'ragandim.
Lekin siz bergan javobdan ikkilanib qoldim. Chunki men o'qigan kitoblarda eng yoshi ulug' bo'lgan va bu zotni yoshi ulug'liklarini Rasululloh s.a.v. hurmat qilib, hufton namozidan keyin ayollarini yo'qlash uchun ularni huzurlariga kirishni birinchi bo'lib shu onamizdan boshlaganliklari rivoyat qilingan.
Bu onamiz Hind binti Abu Umayya, ya'ni Ummu Salama.
Vallohi a'lam.