"œKechirasiz, xotiram chatoq"¦"
Xotirani yaxshilovchi va o’z navbatida uni susaytiruvchi omillar bor. Keling, xotira bilan bog’liq muammolar haqida gaplashamiz.
Nega susayadi?
Buning bir qancha sabablari bor:
♦ noto’g’ri ovqatlanish, stresslar, kuchli hissiy zarbalar, ish va dam olish tartibining buzilishi, qattiq charchash"¦
♦ bosh miyaning qon bilan yetarlicha ta’minlanmasligi
♦ nafas yo’llari va o’pka tizimi, qalqonsimon bez, jigar va buyrak faoliyatidagi yetishmovchiliklar, yurak va tomir, foliy kislotasi va B12 vitamini yetishmasligi.
♦ miya chayqalib, lat yeyishi
♦ stresslar"¦
Foydali: ko’proq suv iching. Gazli suvlardan ko’ra oddiy tabiiy suv ichgan ma’qul.
Zararli: spirtli ichimliklar, hatto, juda kam miqdorda qabul qilinsa ham, vitaminlarning o’zlashtirilishiga zarar yetkazadi.
Xotira va aql ravshanligini yaxshilaydi:
"¢ Bug’doy, yong’oq, yog’li baliq, pomidor, qora smorodina, marmarak, qovoq urug’i, kartoshka, ismaloq, yashil no’xat, sut"¦
Retsept:
"¢ Qirg’ichdan o’tkazilgan piyozning yarim stakan suviga asal qo’shing. Stakan to’lguncha asal qo’shamiz. Aralashmani ovqatlanishdan oldin bir osh qoshiqdan iste’mol qiling.
"¢ Har kuni ertalab bir qoshiq asal yesangiz, bundan quvvatliroq ozuqani tasavvur ham qilolmaysiz. Aynan quvvatga boy bu mahsulot asosan miyaga foyda beradi.
Mustahkamlaydi:
"¢ Sutkasiga 8 soat uxlang. Uyqu vaqtida miya dam oladi va qabul qilingan ma’lumotlarni xotira yacheykalari bo’ylab saralydi, taqsimlaydi.
"¢ Xotirani mashq qildiring. Buning uchun o’tmishingizda yuz bergan voqealarni (mayda tafsilotlarigacha), ismlar, sanalar, manzillarni eslashga harakat qiling.
"¢ Uyingizda tartibni saqlang. Betartiblik — xotiraning birinchi dushmani. Chunki doim chalg’itadi.
"¢ Televizor ovozini balandlatib qo’yib, 10 daqiqa kitob o’qing. Keyin, kitobni qo’yib, 10 daqiqa televizor ko’ring. Shundan so’ng, televizorni o’chirib, o’qiganlaringizni ikir-chikirigacha eslashga harakat qiling.