Bir vaqtlar "Odamlar orasida" gazetasida shu mavzuga judayam mos tushadigan maqola chop etilgan edi.
Buni ham bir o`qib chiqsak foydadan holi bo`lmasdi...O`zbekchilik-da, aka, uzr"¦
Men millatchilik qilishni umuman yoqtirmayman. Chunki millatchilik ruhidagi inson boshqa millat vakillariga past nazar bilan qarashni boshlaydi. Ammo millatimni yomon ko`raman ham, deya olmayman. Chunki milatini yaxshi ko`rmaydigan kimsa boshqa millatga mansub insonlarni ham qadrlay olmaydi.
Har bir millatning o`ziga xos xususiyati bor. Biror bir mamlakat nomi yangraganda ana shu xususiyatlar ko`z o`ngimizda namoyon bo`ladi. Lekin bu - faqat boshqa millat vakili hayoliga keladigan holat xisoblanadi. Har bir millat vakili boshqa millat xususida turlicha fikrga borishi mumkindir, lekin o`zi haqida, o`z millati haqida gap ketganda, albatta, eng samimiy so`zlar bilan yodga oladi milatini. Millatining nomini qo`shib ishlatsa eng yaxshi ishni bajargan paytida gapiradi. Yahudiy millatiga mansub bolakay eng chiroyli uslubda, aql-zakovatini ishga solib bir ishni amalga oshirsa, yon atrofidagilari "œ Jugud bo`p ket-ey " deb qo`yishar ekan.
Berilgan va`daning ustidan chiqishdek buyuk omonatni bajarib, yelkasidan tog` ag`darilganda "œQozoqning gapi bitta bo`ladi" der ekan qardosh millatimiz.
Ruslarning suhbatni eshitgan bo`lsangiz, ajoyib bir iqrorni tinglaysiz: "œQalbimda sen haqingda nima bo`lsa, hammasini yuzingga gapirdim!" deydi-yu davomida bizga o`xshab uzr ham so`rab qo`ymaydi. Narigisi esa "œRus kishisi shunaqa bo`lishi kerak-da!" deb, uning oddiygina iqrorini tag`in oqlab ham qo`yadi.
Agar ikki nemis kishisi o`zaro suhbatlashib turgan bo`lsa , birisi: "œMen falon joyga borishim kerak", deb qolsa, narigisi darxol javob beradi: "œBemalol, hoziroq yo`lga otlan, sen aytgan vaqtingga yetib bor, axir, Nemis kishi va`dasiga xilof qilmasligi lozim!" Bu holat shu qadar oddiylashib ulgurganki , maktabda tahsil olayotgan o`quvchilardan biri kutilmaganda xonadan chiqib ketsa o`qituvchi "œQayoqqa ketayapsan?" demaydi. Bir joyga kechikib qolmasin, deb, dars olayotgan bolaning yo`lini to`smas ekan. Bolakay shosha-pisha aytilgan joyga o`z vaqtida yetib borsa, sherigi uni xaqiqiy nemis o`g`loni deb ta`riflar ekan.
Xullas, dunyo mamlakatlari hayotiga nazar soladigan bo`lsak, ularning barchasi o`z millatining nomini tilga olganda, albatta va albatta, yaxshi ma`noda yodga oladi. Biroq, bizda negadir boshqcha. Garchi millatimizda ijobiy jihatlar boshqa millatlarga bo`lib bergudek qadar ko`p bo`lsa-da, negadur
O`ZBEK degan nomni asosan "œqovun tushirganimizda" yodga olamiz. Ishonmasangiz, boshingizdan o`tgan so`nggi ishlarni eslang. Bir odamga lafzsizlik qilib qo`yganingizda, eng yaxshi "œbahona" emasmi millatimizning nomini aytib qutulib ketish?
"œO`zbekchilik-da, aka, uzr" deb qo`yiladi.
Yoki ayollarning tashvishga ko`milgan sarpolari xususida suhbat qilishayotganini eslang. "œNamuncha endi, sarpa-suruqni ozgina kamaytiring, tog`oralar sonini 50 tadan 20 taga tushiring, xonim!" deb maslahat berilsa, darhol javob olasiz:
"œO`zbekchilik bu, aralashmang, dadasi"Bir odam aytilgan vaqtiga yetib kelmasa, "œxa o`zbeksan-a" deb sha`ma qilayotgan ham o`zbek millatiga mansub kimsa ekanligi alam qiladi. Ajib, boshqa millat vakillari faxr o`laroq yodga oladigan
MILLAT nomini biz nuqul ishimizni bitira olmaganimizda, berilgan va`daga xilof qilganimizda, yoki bid`at, xurofot ishlar tepasida turganimizda aytamiz.
Insonga xar bir ish ibrat ekan. Allohning irodasi ila kasalxonaga tushdim. Oyog`im jarohatlandi. Yaraga malham qo`yish paytida deyarli har kuni viloyatdan kelgan yosh yigitlarning alam bilan qo`l soldirayotganini, chiqqan oyog`iga gips qo`ydirayotganini kuzatdim. Jurnalistligim qo`zib, doktorimdan so`radim: "œHar kuni yangi yigitlarni ko`ryapman. Bunaqa holat oldin ham bormidi?" Vrach esa javob beradi: "œHar kun bir mardikor yigitni olib kelishadi. Bugungisi tom bo`yayotgan ekan tushib ketibdi. Ishlatgani olib kelgan "œboyvuchcha" esa yo`q". Ma`lum bo`lishicha hozirgi "œzamonaviy o`zbeklar" mardikorni ishga yollashayotganda u bilann "œagar yiqilib ketsang, seni davolamayman" deb kelishayotgan ekan. Jahlim chiqib ketdi. "œNega unaqa, axir, ishlatgani olib borgach oxirigacha turib bermaydimi? Axir, u bola ham ataylab qo`lim sinsin deb tomdan sakramaydi-ku!" desam, doktor ushbu holatni oddiygina qilib izohladi:
"œO`ZBEKCHILIK-DA, nimayam derdingiz!"Biz o`zimiz haqida shunday fikrda bo`lsak, birov bizni hurmat qilmaydi. O`tmishimiz juda ham go`zal , kelajagimiz go`zal bo`lishiga ham inshaaloh asoslar yetarli. Faqat ozgina o`zimizni hurmat qilaylik. Boshqa milat vakillari singari millatimiz nomini buyuk ishlarni amalga oshirganimizdan so`ng aytishga odatlanaylik. Buni avvalambor o`zimizda, oilamizda va yaqinlarimiz ichida har birimiz tadbiq etsak, xammasi yaxshi bo`ladi. Hijolatli holatga tushganda "œo`zbek bunaqa qilmaydi" deyishga kirishaylik, farzandlarimizning kundaligida navbatdagi "œbesh"ni ko`rsak , "œmana bu o`zbekchilik bo`libdi, o`g`lim", deb tarbiya qilaylik. Shunda shoyad uzoq o`lkalarda bizni eslashganda, "œhaligi o`zbekmi so`zida turadigan, yursa qadamidan chaqmoq chiqadigan" deb yodga olishar?!
Mahmud Asror