Umumiy bo'lim > Rasululloh SAV va sahobalar

Rasululloh SAVni kuldirgan hodisalar

<< < (2/2)

AbdulAziz:
Abdulloh bin Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Men hammadan keyin duzaxdan chiqadigan odamni yaxshi taniyman. U do‘zaxdan dumbasi bilan sudralib chiqadi. Unga deyiladiki, bor jannatga kirgin, u jannatga kirmoq uchun boradi. Lekin kuradiki, odamlar hammalari o‘z joylarini egallab, joylanib bo‘libdilar. Qaytib borib, arz qiladi: Yo, rabbiy, odamlar o‘z joylarini olib bo‘libdilar. Unga deyiladi, dunyoda o‘zing o‘tgan zamon xotiringda bormi? Keyin Alloh taolo, ey bandam, orzu qil va nimani talab qilmoqchi bo‘lsang, qil. U orzu qiladi, keyin unga deyiladi, endi senga orzu qilgan narsalaringni va o‘zing ko‘rgan dunyoning o‘n barobarini berilur. Bu so‘zni eshitib, bechora deydiki; Ey, Xudo, podshohlar podishohi bo‘lib turib, meni mashara kilasanmi? Ibni Mas’ud dedilar, Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rdim. Bu so‘zni aytib turib, shunday kuldilarki, muborak tishlari ravshan ko‘rindi.
Termiziy rivoyati, "œShamoil"dan.

AbdulAziz:
Omir bin Sa’d dedilar: Sa’d roziyallohu anhu dedilar: Men Janob Rasululloh sallolloxu alayhi vasallamni Handaq g‘azoti bo‘lgan kunda ko‘rdim. Shunday kuldilarki, muborak tishlari tamom ko‘rildi. Men dedim: nima uchun kulib edilar? Sa’d dedilar: Bir odam bor edi, o‘zi kofirlardan bo‘lib, qo‘lida separ bor edi va Sa’d o‘q otishga mohir edi. U kofir Sa’d o‘qidan o‘zini saqlab qolmoq uchun o‘ngga va so‘lga o‘zini olar va yuzini separi bilan yashirur edi. Sa’d o‘qdonidan bir o‘q chiqarib, poylab turdi. Vaqtiki, u kofir boshini separidan alohida qilgan edi, o‘sha soat unga qarab o‘q uzdi. O’q borib, uning peshonasiga tegdi. Filhol ag‘darilib yiqildi va oyog‘ini ko‘tarib yubordi. Bu holni ko‘rib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday kuldilarki, muborak tishlari tamom ko‘rildi. Man Sa’dga dedim: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nimaga kuldilar? Sa’d dedi: Sa’dning u kofirga qilgan hunaridan.
Termiziy rivoyati, "œShamoil"dan.

AbdulAziz:
Anas roziyallohu anhu dedilar: Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib, minish uchun bir jonivor talab qildi. U zot sallollohu alayhi vasallam dedilar: Men seni urg‘ochi tuyaning bolasiga mindirmoqchiman. U odam dedi: Men urg‘ochi tuya bolasini nima qilaman? Janob dedilar: Bu hamma tuyalarni urg‘ochi tuya tug‘may, nima tug‘adi?
Termiziy rivoyati, "œShamoil"dan.

AbdulAziz:
Абдуллоҳ (ибн Масъуд) ривост қиладилар: «А асулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам бундай дедилар: «Мен дсзахдан снг кейин чиқадирган шахсни ҳам, жаннатга снг кейин кирадирган шахсни ҳам билурмен. (Қиёматда) бир одам дсзахдан зср-базср смаклаб чиқиб келғайдир. Оллоҳ таоло унга: «Борғил, снди жаннатга киргил!» — дегайдир. Ул бориб, жаннат одамға тсла сркан, деган хаёлда қайтиб келгайдирда: «А рабб, жаннат тсла сркан-ку!» —-дегайдир. Оллоҳ таоло сна: «Боргил, жаннатға киргил!»—дегайдир. Ул сна бориб, жаннат одамга тсла сркан, деган хаёлда қайтиб келгайдирда: «А А абб, жаннатга бориб қараб срдим, тсла сркан—дегайдир. Оллоҳ таоло учинчи бор: «Борғил, жаннатға киргил, сенга бир дунё ва ундан сн баробар зиёд жой мавжуддир (ёким «Сенга снта дунё сиғадирганчалик жой бордир»)!» — дегайдир. Ул срса: «Лодшоҳ бсла туриб мени масхара қилурмисен (ёким «Мендан кулурмисен)?!» - дегайдир».

Абдуллоҳ ибн Масъуд: «Жаноб А асулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам шу гапларни айтаётиб кулиб қсйдилар, шунда мен ул зотнинг озиқ тишлари ксриниб кетганининг шоҳиди бслдим. Айтадирларки, мазкур банда жаннат аҳли аро снг тубан шахс сркан».

Бухорий ривости, саҳиҳ

Ansora:
"Jonimni achitdingiz!"
Usayd b. Hudayr(ra-) aytadilar:
Ansor'dan mezohchi bir odam bor edi. Bir kuni yonidagilarni gapirib kuldirardi,  Rasulullah (asm.) qo'llaridagi cho'p bilan hazil qilib u kishining bag'rini turtdi. U kishi:
"Ya Rasulallah, jonim achidi, ruhsat bering men ham o'chimni olay, dedi. Rasulullah (a.s.m.)-. "Qani ol o'chingni" dedilar. "Ammo meni ustimda ko'ylagim yo'q edi, dedi" kishi. Payg'ambarimiz ko'ynaklarini yechib, bag'irlarini ochdilar.  U kishi esa, "Men zotan buni hohlagan edim" deb Rasulollohni muhabbat bilan bag'riga bosib, o'pdi.

(Abu Dovud, Odob, 160)

Navigation

[0] Message Index

[*] Previous page

Go to full version