Musulmonlarning bunday mahalliylashuvi ularning o‘ziga xosligiga bo‘lgan ishonchi va birovni siqib chiqarishdan ko‘ra, shoxlarini qirqib, serhosil qiladigan hamda umumiy manfaat taqozosi bilan mahalliy o‘ziga xosliklar, mahalliy murosa yoki o‘sha joy aholisining musulmonchilikdan oldin paydo bo‘lgan deb taxmin qilinayotgan qonunlariga moslashish, yoki ularni o‘zlashtirishga imkon beradigan nozik yurisprudentsiya tufayli amalga oshadi[448]. Musulmon ilohiyotshunosligining asosiy aqidalari, ibodat shakllari va xususiy fiqhning fundamental sohalari bo‘yicha boshqa din vakillari bilan birga yashashni kafolatlash uchun kamdan-kam hollarda o‘zaro kelishuvga erishilmay qolgan. Shuning o‘ziyoq islomning universal din bo‘la olishi va mahalliy turmush tarzlarini rivojlantira olishi mumkinligini isbotlab beradi. Ayni hol to‘laqonli arablik sari tashlangan qadam bosqichi emas, aksincha, universallik va o‘ziga xoslikni muvozanatda tutib tura oladigan barqaror islomning mahalliy shakllaridir. Xalqona islom mohiyatan o‘tkinchi, xato yoki (ba'zi bir sharqshunos mutafakkirlar idée fixe - tinchlik bermaydigan g‘oya tiqishtirayotganiday, «Oliy islom» qoidalari odamlarga hech qanday erkka imkoniyat qoldirmaydi) dinning asosiy aqidalariga qarshi deb emas, ammo dinga xos bo‘lgan Allohning hamma narsadan ustunligini talqin qilish jarayonidagi teskari va cheklangan aqidani hamda Qur'onning ilohiy immanentlik xususidagi oyatlarining joylardagi son-sanoqsiz talqinlarini qo‘llab-quvvatlaydigan mahalliylashuv xususiyatlari majmui sifatida qaralishi mumkin. Ilohiy transtsendentlik[449]ka ummatlarning yo‘llari o‘zaro tutashuvi orqali erishiladi; ilohiy immanentlik esa doimiy va keskin nomuvofiqlik orqali tushuniladi. Masjid deyarli hamisha jomedir, ammo so‘fiylik birodarligi esa tekke, dargoh, yoki daotangdir, masjid (mehrobi) Makkaga qaratib quriladi, ammo biror avliyoning qabri ham darveshlar birodarligining mahalliy o‘ziga xosliklariga asoslangan faol yadrosi bo‘lishi mumkin. Me'yoriy islom, ya'ni bugungi kunda mavjud bo‘lgan eng ommaviy islom, odatda, o‘zaro munosabatlari barqaror bo‘lgan yuksak matn an'anasi va keng miqyosli quyi an'analarga ega. Lamin Sanneh va V.S.Naypol singari kuzatuvchilarning, islom mahalliy o‘ziga xosliklarga yetarli darajada moslasha olmaydi, aksincha, ularni (sayr qilib yuruvchi mahdudlik, yoki hatto «arab imperializmi» sifatida) asta-sekin yo‘qota boradi[450], deyishiga qaramasdan, antropologlar musulmonchilikning mahalliylashuv borasida ko‘p asrlar davom etishi mumkin bo‘lgan odatiy ehtiyotkorlik va o‘zaro bog‘liq jarayonlar orqali muvaffaqiyat qozonayotganini, biz harchand, haqiqiy jarayon faqat bir yo‘nalishda harakat qilishi mumkin, deb hisoblamaylik, ushbu muvaffaqiyat islomning mahalliy mohiyatga to‘la qo‘shilib ketishini anglatmasligini ta'kidlaydi. Masalan, Janubiy Hindistonda yashovchi bir etnologning fikrini olib ko‘raylik: