Bir kishi erdi daraxtning ustida,
Silkitib, meva qoqardi pastiga.
Keldi bog'bon, dedi: ey buzg'un amal,
Ne qilursen, hay? Xudoyimdin uyal.
Dedikim: men - banda, bul - bog'i Xudo,
Mevasin yerman, Xudoyimdin ato.
Ko'r-ko'rona sen malomat aylama,
Qo'y bu ochko'zlikni, odat aylama.
Dedi: hoy, Aybak, keltur arqonni sen,
To bu dam olsin javobin Bul-Hasan.
O'g'rini tutdi, daraxtga bog'ladi,
Urdi andoqkim, tuyib, to'qmoqladi.
O'g'ri ul qichqirdi: insofing qani?
Begunohdin o'ldirarsen bandani.
Dedi bog'bon: men - Xudoning bandasi,
Ushbu kaltaklar - Xudoning zarbasi.
Jaloliddin Rumiy