"Odam"bo'lib yaratilgani bilan
hamma ham " Inson" bo'lavermas
ekan...
* * *
O'zimni o'zim seva boshladimmi-
demak bu mening Halokatim...
* * *
Odamlar orasida kamroq
yurib,yolg'izlikda Haqni tafakkur
qilish- Naqadar ojiza
ekanligimni,hayotga chekkadan turib
baho berish bahtini va dunyoga
g'arq bo'lish Baxtsizligini tushuntirib
qo'yar ekan...
* * *
Dunyoga kimgadur qattiq ko'ngil
berish,uni yo'qotib qo'yishdan
hadiksirab yashashdan ortiq Zorlik
bormi?
Haqni sevib,doim biz bilan birga
ekanligini his etib yashashdan ortiq
Boylik bormi?..
* * *
Man dunyodagi eng ojiz
Mavjudotman-chunki nafsim bor...
Man dunyodagi eng Baxtli
Mavjudotman-chunki Allohim bor...
Man dunyodagi eng g'arib
insonman-chunki
xatolarim,gunohlarim bor...
Man dunyodagi eng Baxtli insonman-
chunki Arshda gunohlarga qilingan
tavbani kechirguvchi Robbim bor...
Man dunyodagi eng xavfli insonman-
chunki shayton qonimda aylanib
yuribdi...
Man dunyodagi eng oliy
Mavjudotman-chunki Robbimni ijod
mahsuli,ruhidan puflab jon
kirg'azgan "Odam"man...
* * *
Aql butun vujudga Hokimlik qila
olmasa-bu Aqlning ojizligidan emas,
vaqtida Nafsni boshi olinmaganidan...
* * *
Ko'z yoshimni dunyo uchun
to'kkanim-bu yashamaganimdan
darak...