Hijoz yerlaridagi podishohlar yig‘ilishib kengash qurdilar: "Dushmanlardan bizlarni himoya etuvchi bir podishoh kerak". Xanda’ ibn Umar degan odamni o‘zlari podishoh qildilar. Shoh o‘z hukmronlgini o‘rnatgach, o‘ziga bir butni yasattirdi. Bu butning ko‘zlari yoqutdan, o‘zi esa qizil oltindan edi. Butning to‘rt tarafga qaragan to‘rt yuzi bo‘lib, biri odam chsuratida, biri arslon suratida, biri qush suratida, biri ot suratida edi. Bu but uchun balandligi yuz tirsak, eni yuz tirsak bo‘lgan bir uy barpo qildirdi, devoru tomlari aqaqdan edi. Bu uyga yuz eshik qurdirdi, ichiga bir taxt o‘rnatdi, uni qizil oltin va gavharlar Bilan bezatdi, oyoqlarini aqiq, zumdar va billurdan ziynatladi. Butni turfa xil kiyimlar Bilan orastalab, bu taxt ustiga o‘rnashtirdi, unga sajda qildilar. So‘ngra barcha qabilalarga odam yuborib, hamma podishohlarni o‘z a’yonlari Bilan yig‘dirdi.
Bu mening tangrim bo‘ladi, unga sajda qilinglar, - dedi yig‘ilganlarga. Podishohlar binoning yuz eshigidan kirib, butga sajda qildilar. Shu Pallada ilgariroq butning og‘ziga kirib olgan bir kimsa "Men sizlardan hushnudman", deb ovoz qildi. Bundan barchalari shod bo‘lib, sajdadan bosh ko‘tarishdi.
"Har yili bir marta bunga kelib sajda qilinglar", -dedi Xanda’ ibn Umar amirona ohangda.
Uydan chiqib muhokama chog‘ida "Bizning tangrimizning yuzi bundoq edi, bizniki undoq edi", degan yo‘sinda so‘z talashdilar, so‘ngra bir-birlari bilan urushdilar. To‘qnashub chog‘ida yetmish ming kishi halok bo‘ldi. Buning habarini eshitgan Xanda’ ibn Umar yetib keldi-da: "Hech bir dushman qilmaydigan ishni qildingizki, bunga o‘zlaringiz aybdorsiz", -dedi.