rahmat aka lekin man hech ko'nikolmayabman negadir qorin och qoluvradi qiyinroq ekan bunaqada ozib ketmimanmi shu tarzda ovqatlanib ??
Qorningiz ochmaydi!!!
Agar ofislarda ishlasangiz, bizga o'xshab kompyuterda, mashinada o'tirib ishlasangiz qorningiz umuman ochmaydi. Balki miya oshqozonga signal yuboradi, "ovqatlanish vaqti bo'ldi, tur oshxonaga" deydi
Ertalabki yengil nonushta kechgacha bemalol yetadi, kechgacha shu bir burda non bilan maska yog'ni hazm qilishi ham gumon.
Masalan Payg'ambarimiz zamonida sahobalarimizning 2-3dona xurmo va yarim kosa sut bilan kuni o'tar edi. Xotirasi juda kuchli, tadbirli, parhezkor, jangda shijoatli bo'lishgan. Ko'p yeyish me'dani sovutib qo'rquv hissini kuchaytiradi.
Faqat biz bolalikdan kunda 3 marta taomlanib organizmni o'rgatib qo'yganmiz. Qornimiz ochsa-ochmasa peshin vaqti bo'lganda oshqozonimiz buray boshlaydi, o'zimizda biroz behollik sezamiz. Bu vaqtda oshqozon aldayotgan bo'ladi, ishonavering, ochlikdan emas bu, balki miya o'rganib qolgan vaqtda oshqozonga signal yuboradi, oshqozon esa ovqat kerak bo'lmasa ham talab qila boshlaydi.
bir necha kun shunday erkaligiga chidab bersangiz bu o'tib ketadi, uzog'i bilan 2 hafta qiynalasiz.
Agar 16 soatda bir bor ovqatlanishga o'rganganimizda, huddi shunday har 6 soatda emas balki 16 soatda oshqozon burab behollik boshlanardi. Bu oshqozonning erkaligi holos, ochlikdan emas
Ozib ketish haqidagi gapingizga kelsak... Ozg'in bo'lsangiz ozimaysiz, qaytaga semirishingiz mumkin. Semiz bo'lsangiz oziysiz. Qisqasi, kelinchakka yoqadigan darajaga borasiz, ya'ni eng normal ko'rinishga kelasiz
o'tgan postda yozgan edim, go'shtdagi moddalar mak, zig'ir urug'i, yong'oqlar, kunjut, kungaboqarlarda, boqila, loviya, mosh singari dukkakliyu donlarda bor, bular odamni go'shtday semirtira oladi. faqat go'shtdagi yog'da xolesterin bor, o'simliklardagi moydan esa tashvishlanmaysiz.
Xolesterin bizga kerak, lekin kunda 2-3 mahaldan go'sht, tuxumlar yesak xolesterin meyordan oshib ketadi. xolesterinning kunlik meyorini bitta tuxum yeyish bilan to'ldirsa bo'ladi, ortiqchasi zarar.
lekin man hech ko'nikolmayabman negadir qorin och qoluvradi qiyinroq ekan
Bu chindan ham oson emas, to'g'ri ovqatlanishga birdan o'tish uchun "bedavo" kasallikka chalingan bo'lishi kerak
Aniqrog'i, meditsina bedavo deb tashxis qo'ygan kasallargina birdan to'g'ri ovqatlanishga o'ta oladi. Chunki oldida boshqa yo'l ham yo'q, mediklar bedavo dedimi endi u uchun yagona yo'l tabiblarga quloq solish, to'g'ri ovqatlanib va haftada 1-3kun faqat suv yoki zardob bilan ichni tozalab turish bilan kasallikni yenga oladi.
Boshqalar to'g'ri ovqatlanish va ochlik qilib turish naqadar foyda ekanligini, buni Payg'ambarlar ham avliyolar ham qilib turishini, ovqatlarning ziyonlarini tushunib yetib asta-sekin to'g'ri ovqatlanishga o'tishni yo'lga qo'ysa bo'ladi.
Hozir kunda 3 mahal go'shtli taom iste'mol qilayotgan bo'lsangiz, endi kunda 1 marta (faqat tushlikda), keyinroq haftada 3marta go'shtli ovqat yeng. Shunday yo'l bilan go'shtda qocha boshlaysiz. Go'shtni sog'lom odamlar haftada bir marta yesa yetadi.
2. Yuqori miqdorda shakar qo'shilgan maxsulotlardan qoching (murabbo, qandolat maxsulotlari, ko'chada sotiladigan turli sharbatlar, koka kola singari salqin ichimliklar...). O'rniga mineral suv, yoki uy sharoitida tayyorlangan, shakar o'rniga asal qo'shilgan salqin ichimliklar iching.
3. Tuzni dasturxondan olib tashlolmasangiz ham kamaytiring. Tuz havfli, lekin yog'chalik emas, tuzni organizmdan oson yuvib tashlasa bo'ladi. Bunga bir necha kunlik ochlik, yoki tarvuzli parxez bilan erishish mumkin.
4. Kraxmal ya'ni oq undan qilingan nonlar, ayniqsa bo'lka non, bozor non, patir nonlardan qoching. Bo'lka non chala pishgan nonlar turiga kiradi, juda yopishqoq.
Ps. Jismoniy mehnat ko'p qiladiganlar har qanday taomni yesa ham oshqozoni hazm qilib yuboraveradi, yog'li dimlamalar ham krahmalli bo'lka nonlar ham usta halqining baquvvat oshqozoniga chiday olmay tez hazm bo'lib ketadi.
Bizga o'xshab kam harakat qiladiganlar esa yog'li ovqatlarni salatlar bilan yoki ajdodlarimiz odatiga rioya qilib ovqatdan so'ng qatiq ichish bilan oshqozonga og'irlik yuklab qo'ymasligimiz lozim bo'ladi.