Ular quyidagilar:
1."œHush dar dam"(Aql qalbda, nafasda) Nafasning asli qalb.
Ichimizdan chiqqan har bir nafas g’aflat bilan emas, balki hushyorlik bilan va huzur baxsh etib chiqsin.Ya’ni nafas chiqqanidan to kirguniga qadar Alloh yodi bilan bo’lsin.
"œHush dar dam" rashhasini Alisher Navoiy quyidagicha tarannum qilganlar:
Damingdin yiroq tutmagil hushni
Ki yuzlanmagay har dam ofat sanga.
2."œNazar dar qadam"(Nazar qadamda) Bundan maqsad Allohga gunohkor bo’lishga undaydigan yo’lga qadam bosmaslik, undan yurmaslik,o’ylab qadam tashlash.Alloh taolo aytadi:
"œAxir yuz tuban(yerga qarab) yuradigan kimsa Haq yo’lni topuvchiroqmi yoki tik holda to’g’ri yo’lda yuradigan kishimi!?"(Mulk surasi,22-oyat.)
Har qadamda Allohni esdan chiqarmasdan qilgan ishlari uchun hisobot berish.
Nazarni qadamdin yiroq solmagil,
Bu yo’l zamin gar bo’lsa rag’bat sango.(A.Navoiy)
3."œSafar dar Vatan" (Safar Vatanda) — solikning bashariy sifatlardan malakiy sifatlarga, yomon sifatlar(kibr,hasad,ujb,riyo,baxillik)dan yaxshi sifatlar (muhabbat, ixlos,to’g’ri so’zlik,e’tiqod)ga safar qilishi, ko’chishi;O’z Vatanida turib,fikran dunyo kezishi.
Alisher Navoiy aytadilar:
Vatan ichra sokin bo’lib soyir o’l
Safardin agar bo’lsa mehnat sanga.
4."œXilvat dar anjuman"(Xalq ichida yurib, yolg’iz bo’lish) ya’ni tashqi tomondan xalq bilan va ichki tomondan Haq bilan bo’lish;
O’zi xalq ichida bo’lsa ham,xilvatda o’tirgandek fikru zikri Alloh bilan bo’lishi;
Hadisi qudsiyda Alloh aytadi: "œKimki xalq ichida bo’la turib Meni zikr qilsa, Men uni ulardan ham yaxshiroq kishilar orasida zikr qilaman";
Xalq bilan aralashib,suhbatda bo’lib,ularning dardlariga sherik bo’lish,Alloh taolo roziligi yo’lida xalqqa xizmat qilish.Naqshbandiya tariqatida xilvat ko’p targ’ib qilinmaydi.
A.Navoiy ta’kidlaganlaridek:
Desang xilvatim anjuman bo’lmasun,
Kerak anjuman ichra xilvat sanga.
Ushbu to’rt rahshaga Xoja Yusuf Hamadoniy asos solganlar.
5. "œYod kard"(Esga olish) — qalb-dilni bir lahza bo’lsa ham Alloh zikridan g’aflatda qoldirmay,Allohdan ogoh bo’lib,uni zikr qilish,ya’ni "œDast ba koru dil ba Yor"(Qo’ling mehnatda diling Ollohda bo’lsin)
Alloh taolo aytadi:
"œUnutgan vaqtingizda (yodingizga kelishi bilan) Rabbingizni zikr qiling".(Kahf surasi,24 oyat);
Til bilan zikr qilishdan dil bilan zikr qilishga o’tish.
6. "œBoz gasht" (Qaytish) Allohga qaytajagimimzni eslash,dilda yana Allohga
qaytish,zikr qiluvchi (zokir) tili yoki dili bilan Lo iloha illalloh — "œAllohdan boshqa iloh yo’q"ni aytganda,buning orqasidan "œIlohiy, anta maqsudiy va rizoka matlubiy"(Ilohi, maqsadim Sensan va talabim rizoligingdir)ni aytish.Chunki "œboz gasht" kalimasi yaxshi yoki yomon fikrlarni inson xotirasidan ketkazib,zikrni xolis qiladi;
O’limni eslash(robitayi mavtiya),Allohga qaytishni eslash.
Oyatda aytiladi:
"œAlbatta,biz Allohning mulkimiz va albatta, biz Uning sari qaytuvchilarmiz".(Baqara surasi,156- oyat.)
Boshqa bir oyatda:
"œHar bir jon o’lim(achchig’i)ni totuvchidir!So’ngra Bizga qaytarilursizlar!".(Ankabit surasi,57-oyat)
7. "œNigohdosht" (Saqlash) — Qalbdagi fikr va xotiralarni muroqaba qilish;solik hech bo’lmaganda bir-ikki soat yoki undan ko’proq vaqt xotirasini, xayolni boshqa narsalarga yubormasligi,zikr paytida xotirni parishon qilmasligi va boshqani yodga keltirmaslik,Allohning zikridan cjalg’ituvchi narsalarga xotirni yubormasligi.
Alloh taolo aytadi:
"œKishilar borki,ularni na tijorat ba na savdo(ishlari) Allohning zikridan, namozni mukammal ado etishdan va zakot berishdan chalg’ita olmas".(Nur surasi,37-oyat)
8. "œYod dosht" (Zikr etish) — Har lahza Haq taolodan xabardor bo’lish;doimiy ravishda Allohni yodda tutish.Alloh taolo aytadi:
"œBas, Meni yod etingiz,Men ham sizlarni yod eturman".(Baqara surasi,152-oyat.)
Yana bir oyati karimada aytiladi:
"œRabbingizni ichingizdan tazarru va qo’rqinch bilan hamda gapirganda ovozni ko’tarmasdan ertayu kech zikr (yod) eting".(A’rof surasi,205-oyat.)
Bu to’rt rashhaga Abdulxoliq G’ijduvoniy asos solganlar.
9. "œVuqufi zamoniy" (Vaqt manzili) — Vaqtni g’animat bilib, vaqtdan unumli foydalanish,vaqtning qanchasi savob ishlar bilan va qanchasi gunoh ishlar bilan o’tganini bilish, undan ogoh bo’lish.Agar bandaning vaqti ogohlik bilan, Allohning zikri bilan o’tgan bo’lsa,unda Allohga shukronalar qilish, aksincha, agar faqat g’aflat bilan o’tgan bo’lsa, tavba, istig’for va pushaymon qilish.
Payg’ambar alayhissalom aytadilar:
"œBesh narsadan oldin besh narsani g’animat bilgin:kekaligingdan oldin yoshligingni,betobligingdan oldin salomatligingni,faqirligingdan oldin boyligingni, o’limingdan oldin tirikligingni,bandligingdan oldin bo’sh vaqtingni".
10."Vuqufi adadiy" (Hisob-kitob manzili) — adadga, sanoqqa, tartibga rioya qilish.Zikr qiluvchi Lo iloha illalloh — Allohdan boshqa iloh yo’q kalomasini bir nafasda 3 marta yoki 7 marta yoinki 9 marta yoxud 21 marta aytishi.Mabodo bir nafasda bu adaddan ko’proq zikr ayta olsa, o’shani toq qilib tugatishi.Zikr aytishda toqlikka amal qilisj lozim.
Payg’ambar alayhissalom aytadilar:
"œAlloh toqdir.Toqlikni sevadi".
11. "œVuqufi qalbiy" (Qalb manzili) — buning ikki ma’nosi bor.birinchisi — zikr qiluvchining qalbi Haq taolodan ogoh va voqif bo’lishi.Ikkinchisi — zokir o’z qalbidan voqif bo’lishi.
Alloh taolo "œAnfol" surasining 24-oyatida:
"œBilib qo’yingizki, Alloh inson bilan uning dili(o’rtasi)da "œparda" bo’lib turadi, ya’ni Alloh shu qadar insonga yaqindir."
Qalb Allohning zikri bilan taskin topishi to’g’risida Alloh taolo marhamat qiladi:
"œOgoh bo’lingizki, Allohni zikr etish bilan qalblar orom olur".(Ra’d surasi,28-oyat)
Ushbu uch rashhani Hazrat Bahovuddin Naqshband qaddasallohu sirrahu qo’shganlar.