185-FATVO
Namozda qiroatni Qur’oni karim kitobidan o‘qib qilsa, Abu Hanifa (rh.) nazdida namoz buziladi. Zero, Kitobni ko‘tarib turish, uni varaqlash, unga ko‘z tashlash ko‘p harakatni talab qiladi. Ko‘p amal va harakat esa, namozni buzuvchi omillardan. Shunga ko‘ra, agar Kitobni biror narsa ustiga qo‘yilsa, varaqlamasa yoki mehrob devoriga yozilgan bitikdan o‘qib qiroat qilsa namoz buzilmaydi. Lekin Abu Hanifa (rh.)ning namoz buzilishiga yana boshqa dalili ham bor. U ham bo‘lsa Kitobdan o‘qish — bu ta’lim olish, o‘rganish demakdir. Bu esa, namozning amallaridan emas. Demak, Kitobni ko‘tarib o‘qiydimi yoki qo‘yilgan holda o‘qiydimi barobardir. Qaysi holatda bo‘lsa ham namoz buziladi. Shu javob sahih deb topilgai. Ammo Abu Yusuf va Muhammad (rh.)lar nazdida namozda Qur’on kitobidan o‘qib qiroat qilish jtjz. Yana Qur’onni yod biluvchi kishi Kitobdan o‘qib qiroat qilsa namozi buzilmaydi, debdurlar.
«Olamgiriya», «Kofiy»
186-FATVO
Mehrob devoriga fiqh kabi Qur’ondan boshqa narsalar yozilgan bo‘lib, namozxon uni ma’nosini tushinib yoki tushunmagan holda o‘qisa Imom Muhammad (rh.)dan boshqa mujtahidlar namoz buzilmaydi, deganlar.
«Olamgiriya», «Tabyin», «Zaxira», «Hidoya»