Bu darsda
shaffof shar chizamiz. Asosiysi har bir amalni eslab qolishmas, balki har bir amalni qo'llaganda nima bo'layotganiga e'tibor berish. Boshladik...
Dars 5 qismga bo'linadi:* Asosiy aylana sohasini chizib olish (1 va 2 bosqich)
* Gradiyentlar bilan bo'yash va sloylarga stillar qo'llash (3 - 6 bosqichlar)
* Shu'la qo'shish (7 bosqich)
* Soya qo'shish (8 bosqich)
* Tasvirning shisha orti akslantirilishi (9 bosqich)
1-bosqich. TayyorgarlikEng quyida oxirgi natija bor. O'sha tasvir foniga o'xshash biror rasmni oling va uni
Photoshopda oching.Yangi sloy qo'shing. Buning uchun
Ctrl+Alt+Shift+N yoki
Create a new layer tugmasini bosing.
Elliptical Marquee asbobi yordamida aylana (aylana chiqishi uchun
Shiftni bosib ushlab turing) belgilab oling, u quyidagiga o'xshash soha va hajmda bo'lsin:
2-bosqich. Baza rangi bilan belgilangan sohani bo'yab olishOldingi plan rangida sichqoncha chap tugmasini bosamiz.
Hosil bo'lgan Rang oynasida (
Color Picker) D6D3C0 rangini belgilab olamiz (# belgili oynacha yonida).
Paint Bucket asbobini tanlaymiz va belgilangan sohani shu rangga bo'yaymiz (yoki
Alt+BackSpace).
3-bosqich. Sloy stillariSloylar panelida
Add a Layer Style tugmasini bosamiz, hosil bo'lgan ro'yxatdan
Inner Shadowni belgilaymiz, va quyidagi parametrlarni o'rnatamiz: (e'tibor bering, soya rangi sifatida oq rangni olish lozim):
Blend Mode: Linear Dodge; Rang - oq
Opacity: 42%
Angle: -54
Use Global Lights: On
Distance: 16
Choke: 0
Size: 29
Noise: 0
Quyidagi ko'rinish hosil bo'lishi lozim
4-bosqich. Gradiyentlar bilan bo'yashYangi sloy qo'shing —
Create a new layer. Bitta pastki sloy bilan guruhlang:
Ctrl+G. Fon rangini 65645F qilib belgilang. Endi joriy oldingi va ortki (fon) planlari rangini ishlatib gradiyent hosil qilamiz.
Gradient Tool (
Paint Bucket Toolning tagida) asbobini tanlaymiz.
Optsiyalarda (yuqoridagi panel)
chiziqli gradiyent (линейнс‹й градиент) va
Reverse qismlarini belgilab olamiz (qolganlariga tegmay).
Gradiyentni skrinshotdagi kabi qo'llaymiz (qizil nuqtadan ko'kka tomon):
D harfini bosamiz, ranglar baza ranglariga (oq va qora) o'tadi.
Add Layer Mask tugmasini bosib sloyga maska qo'shamiz.
Radial gradiyentni tanlab olamiz (bu tugma chiziqli gradiyentning yonginasida joylashgan).
Sloy maskasida radial gradiyent chizamiz. Bunda boshlang'ich nuqtamiz shar ichida, yakuniy nuqta esa tashqarida bo'lishi lozim. (
Reverseni yoqib qo'ygandik, uni o'chirish esdan chiqmasin!)
5-bosqich. Yana sloy stillariLayer 1 sloyidan dublikat olamiz -
Layer > Duplicate Layer.
Endi
Layer 1 ni eng yuqori planga olib chiqamiz.
Shu sloy faolligiga ishonch hosil qilib,
Fill ko'rsatkichini 0 ga tenglashtiramiz, so'ng shu sloyning
Layer Style ikonkasida sichqoncha chap tugmasini bosib
Inner Shadow bo'limida parametrlarni quyidagicha qo'yamiz:
Blend Mode: Overlay, Rang - Qora
Opacity: 100%
Angle: 105
Use Global Light: off
Distance: 10
Choke: 0
Size: 51
Noise: 0Inner glow oynasida esa quyidagi parametrlar o'rnatiladi:
Blend Mode: Normal
Opacity: 13
Noise: 0
Rang: Qora
Technique: Softer
Source: Edge
Choke: 25
Size: 5
Range: 100
Jitter: 0Hammasini bajargandan so'ng quyidagiga o'xshash natija hosil bo'ladi:
6-bosqich. Hajmdorlik (3d)Yangi sloy qo'shamiz. Brush Tool asbobini belgilab olamiz. Cheti yumshoq va ancha katta kist tanlaymiz. Kist parametrlarini (yuqoridagi panelda): diametr: 150px, hardness: 0% kabi o'rnatamiz.
Oldingi plan rangi sifatida oq rangni belgilab olamiz.
Yangi sloyda (
Layer 3) kist bilan bir marta aylana markazida bosamiz. Hosil bo'lgan dog'ni yuvib olamiz:
Filter/Effects/Gaussian Blur,
radius: 25.
Endi
Layer 3 sloyiga harirlik beramiz (
opacityni 60% gacha tushiramiz).
7-bosqich. Shu'laYangi sloy qo'shamiz.
Brush Tool asbobini belgilab olib, 20 diametrli qattiqroq kist tanlaymiz. Oldingi plan rangini oq qilib belgilaymiz. Sharning yuqori chap qismiga bir marta bosib shu'la qo'yamiz.
Gaussian Blur (меню
Effects/Blur/Gaussian Blur)
radius: 0.5 — yuvib olamiz.
Sloyga stil beramiz (
Add a Layer Style tugmasi). Outer Glow effektini quyidagi parametrlar bilan qo'yamiz:
Blend mode: Screen
Opacity: 75
Noise: 0
Rang - sariq
Technique: Softer
Spread: 0
Size: 9
Range: 50
Jitter: 0
8-bosqich. SoyaLayer 1 copy sloyiga o'tib,
Fill ko'rsatkichini 25% ga tushiramiz:
Shaffof shar paydo bo'lishining mo'jizali onlari ham yetib keldi
!
Endi soya hosil qilami. Fon sloyini faollashtirib, yangi sloy hosil qilamiz.
Shar chegarasi bo'ylab belgilash sohasi hosil qilamiz. Buning uchun
Ctrl tugmasini bosib turib
Layer 1 (yoki
Layer 1 copy) sloyida sichqoncha shap tugmasini bosamiz.
Layer 5 sloyi faolligiga ishonch hosil qilgach,
D tugmasini bosamiz, baza ranglari o'rnatildi.
Gradient Tool asbobini tanlab olamiz. Optsiyalarda radial gradiyent,
inversiya (
reverse), gradiyent turini esa - harirdan fon rangi (qora)ga o'tadigan qilib belgilab olamiz.
Gradiyentni markazdan shar chetiga tomon yo'nalish bo'ylab chizib olamiz.
Free Transform (
Edit menusida, yoki
Ctrl+T) funksiyasi yordamida fonga soya solamiz.
Buning uchun belgilangan soha chetlarini shunday o'zgartirib, soyani o'ngga shunday suringki, quyidagi ko'rinishga kelsin:
Belgilashni yechamiz (
Ctrl+D).
Endi soya kontrastini pasaytiramiz. Sloyga harirlik beramiz (
opacity = 50%), va soyani biroz yuvib yuboramiz (
Filter/Blur/Gaussian Blur filtri,
radius: 2).
9-bosqich. Tasvir deformatsiyasiEndi shar ortida ko'rinayotgan tasvirni deformatsiyalaymiz.
Layer 5 (soya) sloyini faollashtirib, shar chetlarini belgilyamiz (
Ctrl tugmasini bosib turgan holda
Layer 1 yoki
Layer 1 copy sloylari ustida bosamiz).
Spherize (
Filter/Distort/Spherize menusi) filtrini 100% qiymat bilan qo'llaymiz,
rejim: Normal. Xuddi shu amalni fonga nisbatan ham qo'llaymiz (fonni faollashtirib,
Ctrl+F tugmasini bosih orqali unga ham
Spherize filtrini qo'llaymiz.
Oxirgi chizgi: shar yuqori qismidagi shu'lani ham biroz deformatsiyalaymiz.
Layer 4 sloyiga o'tib, transformatsiya qilamiz (
Ctrl+T)
W: 65%;
burilish (rotate): 45 gradus,
Enterni ikki marta bosamiz.
Final: