To'g'ri so'zli bo’l
Suyukli farzandim! Yomg'irlar quruq yerga hayot berganidek, nasihat ham o'lik qalblarga hayot baxsh etadi.
O'g'lim, din nasihatdir. Sevimli Payg'ambarimiz(s.a.v.) bir kun uch marotaba: «Din nasihatdir, din nasihatdir, din nasihatdir...», deganlar. O'g'lim, nasihatdan maqsad insonlarga kuch bag'ishlovchi, ularni g'aflatdan uyg'otuvchi xayrli samimiy so'zlardir. Insonlar bu xayrli so'zlardan bahra topadilar, din va dunyo ishlarida yaxshilikka yo'naladilar. Nasihatlar yaxshilikka boshlaydi. Insonlar buyuk zotlarning so'zlarini eshitgach, obi hayot ichgandek fikrlari o'zgarib, insoniylikni anglab yetadilar. O'g'lim, mana shunday hayotbaxsh so'zlami tinglash sen uchun buyuk ne'matdir. Uning so'zlari seni quvvatlantiradi. Shu sabab bunday insonni topish dunyo xazinasini topishdan ham afzaldir. Quyosh nurlaridan qorlar eriganidek, sening ham barcha yomon fikrlaring, g'am-alamlaring ular qarshisida mahv bo'lib ketadi. Quruiq yerga yomg'ir kuch berganidek, ularning so'zlari ham qalbga quvvat bag'ishlaydi. O'g'lim, ko'p kitob o'qish, tajriba orttirish, o'sha zotlar yonida bo'lib nasihat tinglash foydalidir. Rasululloh(s.a.v.) ham: «Avval nafsingga nasihat qil, so'ngra xalqqa», deganlar. Alloh taolo: «Ey, imon keltirganlar, sizlar nega o'zlaringiz qilmaydigan narsani (qilamiz deb) aytursizlar?!» (Saf surasi, 2-oyati) deya marhamat qilgan.