CHAYQOV BOZORI
Anton chayqov bozoriga bordi. U yerda bahor nafasi, pufakchali kuyadori hamda qars-qurs kartoshka hidi ufurib turardi.Tiqilinchda odam yurishi qiyin edi. Bir sotuvchi balandparvoz so‘zlar aytib, o‘z mollarini reklama qilayotgandi. Bu yerda juda zo‘r narsalar bor edi. Karnayli eski sharmanka, Morze telegraf apparatlari, durbinlar, avtosignal qismlari, o‘yinchoq soatlar, chinni yuzli qo‘g‘irchoqlar, bir qo‘lli o‘yinchoq ayiqlar. Anton gohida olomondan chetga chiqib, ba’zi narsalarni ushlab-ushlab ko‘rdi va yana joyiga qo‘ydi. Narxini esa so‘ramadi. Chunki o‘zi yoqtirgan narsani sotib olishi uchun, baribir puli yetmasligini bilardi.
Anton bir yog‘och do‘konda sotilayotgan qars—qurs kartoshkadan bir to‘rvacha sotib olishi, olmasligini o‘ylab turganida, bir narsani ko‘rib qoldi. U to‘xtab turgani uchun, o‘tib qaytayotganlarning yo‘lini to‘sib qo‘ygandi. Bu keksa soatsozning do‘konidagi zamonga sayohat qilish uchun ishlatiladigan sirli gardish edi.
"œBu g‘alati narsa nima?" — so‘radi u sotuvchidan vazmin holda.
"œBilmadim, - dedi u. — Devor bezagi bo‘lsa kerak". Anton savol berayotganida, o‘zini o‘sha narsaga nisbatan iloji boricha befarqday tutishga urindi: "œQancha deyapsiz bu narsani?"