Rasululloh (s.a.v.) aytganlarki: "Kimiki urfda yaxshi ishni joriy qilsa, shu yaxshi ishning savobi
va ergashib shu yaxshi ishni qilgan kishining savobi unga qiyomatgacha yetib turadi. Va kimki
urfda yomon bir ishni joriy etsa, o'sha yomonligining gunohi va ergashib shu yomonlikni qilgan
kishining gunohi unga qiyomatgacha yetib turadi".
Ammo agar unga birov ergashganligi uchun emas, balki o'zining ishi oshkora bo'lganligi uchun
quvonsa, bu holda amalining savobi ketishidan qo'rqmog'i kerak.
"Sahih". Muslim, "Zakot" kitobi