Yana bir gap. Farg'onada, ayniqsa Rishton va Marg'ilonda kelayotgan mehmonlar 2-3000 so'm bo'lsa ham to'yona berar ekanlar. O'sha yerlik akalarning aytishlari bo'yicha, bu har bir mehmonning unga qilgan harajatlarini "qoplash" uchun ekan.
Yo'q, bu narsa majburiy emas. Niyatda harajatlarini qoplash uchun ham emas.
To'yona xolisanlilloh to'y qiluvchiga taqdim etiladigan hadya. Undan boshqa maqsad talab qilinmaydi.
Va to'yonaning xayrli jihati shundaki to'yga kirayotganda to'yona hadya qilmoqchi bo'lganlar so'rashayotgan qo'lda pul bilan so'rashadi. Bunda esa hadyani qabul qiluvchi uning qanchaligini yoki nimaligini bilmaydi. Shuning uchun ham bu xolis hisoblanadi.
Bu bir ezgu odat xolos.
Qo'rqmasdan, imkoniyatga qarab, kelaveringlar. Kelganingizning o'zi katta to'yonadir. Kelolmasangiz bir marta namozingizda duo qilib qo'ysangiz ham katta to'yona bo'ladi.