Yana Allohning Rasuli (s.a.v.) bir hadislarida aytadilarki:
— Alloh, o‘zining mo‘min bandasi yomon fe’llarini tark etsa, haddan ziyod sevinib ketadi. Faraz qiling: bir kishi yonida yeguligi bilan cho‘lda yo‘lga chiqadi, bir joyda manzil quradi va boshini yerga qo‘yib, uxlab qoladi. Uyg‘onganida yeguligi g‘oyib bo‘lganini ko‘radi. O’ngu so‘lini axtaradi, ochlik va tashnalikdan xarob bir holga keladi va o‘z-o‘ziga shunday deydi: «Mayli, yeguligimni yo‘qotgan yerimga borib, to‘yib uxlay va o‘lib qo‘ya qolay»! Boshini qo‘llariga qo‘yib, o‘lish niyati bilan yotadi va uxlaydi. Birozdan so‘ng to‘satdan uyg‘onib ketadi, qarasa, yeguligi yonida! Mana shunday, Alloh, bir mo‘min tavba qilib, yomon fe’llarini tark etgan paytda, cho‘lda yeguligini yo‘qotib, so‘ngra uni topgan bu kishining sevinishidan ham ko‘proq sevinadi.
Rivoyat etilishicha, Alloh Hz. Odamning tavbasi qabul qilinishini bildirgan vaqtda barcha malaklar uni tabrikladilar. Bu orada Jabroil ila Mikoil ularga Allohning salomi bo‘lsin! kelishdi. Keyin:
— Qutlug‘ bo‘lsin, Alloh tavbangni qabul etdi, deyishdi.
Odam so‘radi:
— Tavbam qabul qilingan bo‘lsa, endi bundan buyon qaerda yashashimni bilsam bo‘ladimi?
Shunda Alloh vahiy yo‘li bilan unga shularni bildirdi:
— Ey Odam, sen naslingga meros qilib, zahmat va mashaqqat qoldirding. Men esa ularga tavba qoddirdim. Kim meni chaqirsa, uning chaqirig‘iga javob beraman. Sening chaqirig‘ingga ham javob berdim. Kim mendan afv tilasa, afvimni qizg‘anmayman, qozongan afvini beraman. Chunki men bandalarimga ko‘p yaqinman. Munojotlarining haqini beraman. Gunohlariga gavba qilib, yomon fe’llarini tark etganlarni qabrlarida sevinch ichida, o‘ynab-kulgan holda turg‘izaman. Yomon fe’llarini tark etib, go‘zal fe’llar bilan bezanganlarning duosi har vaqt ham maqbuldir.