Assalamu alaykum.
Mening ota-onam ham o'qituvchi bo'lishgan. Shunga bu mavzuga o'z fikrimni bildrimoqchiman. Biz o'qigan va ota-onalarimiz o'qituvchilik qilgan davrda o'quvchilar ham, o'qituvchilar ham boshqacha edi. Buni tan olishimiz kerak. To'g'ri u paytlarda bunaqa imkoniyatlar yo'q edi. O'qishni xohlagan o'quvchi har qanday sharoitda ham oq'irdi. Hozir esa hamma sharoit bor, hamma narsa yetarli, o'quvchilar hech narsaga zoriqmaydi. Ilm olish borasida albatta. O'quvchilarda ilm olishga ehtiyoj yo'q yoki kamaygan. O'qituvchilar esa (albatta ayrimlari, lekin ko'p qismi) o'qimgaan bolani ham bahosini qo'yib berishadi. Sinf fondi, maktab fondi, degan narsalarni to'lab qo'ysa bo'ldi. Shu narsaga bolalar o'rgandi. O'qimasa ham baho ola olishini yoki maktabni bitirganidan keyin, ota-onasini puli bilan o'qishga kira olishini, u yerda ham pulni evaziga bitirishini biladi. Shuning uchun,ular xotirjam bo'lib qolishgan. Haqiqiy ilm egasi esa, agar puli bo'lmasa, o'qishga kirolmaydi. Pul sarflab o'qigan, o'qishga olayotgan ilmiga muhabbat qo'yib, uni ikir chikrilari bilan o'rganmagan kishi, kelajakda qanday mutaxassis bo'ladi?
Bu borada ota-onalar ham, o'qituvchilar ham teng aybdor. O'zimni uchta farzandim maktabda o'qiydi. Maktabda bo'layotgan o'yinlarni hammasini bilaman. Hatto, o'qituvchilar, ilm izlab, a'lo o'qiydigan bolalarga ham, agar ota-onang qodir bo'lmasa katta o'qishlarga harakat qilma, degan gapiga ham guvohman.
Ota-onalar esa bolalarini tarbiyasiga bee'tibor. Asosiysi u bolasini chiroyli kiyintirsa, yaxshi yedrisa, ichirsa, o'rtoqlarinikdan qimmatbaho maktab qurollari olib bersa bo'ldi. Bolasi maktabga borib nima qilyapti, o'qiydimi, o'qituvchilarini hurmat qiladimi yoki seriallarda kim kimni sevib qolgani haqida, kim kimdan homilador bo'lib qolgani haqida gapiradimi, bu bilan ishi yo;q. 3-sinfda o'qiydigan qizlar sevgidan, serial qahramonlari kimdan homilador bo'lib qolganidan gaplashyapti hozir maktabda. Bu achchiq haqiqat.
Bunga kim aybdor? Albatta, ota-ona. Biz ota-onamiz bilan o'tirib birga TV ko'rolmasdik. Holbuki, u paytlarda bunaqa filmlar namoyish qilinmasdi. Hozir ota-onalar bilan hamma mavzuda gaplasha oladi yosh qizlar ham yigitlar ham.
Bu yana taqalib oiladagi tarbiyaga boradi. Buni ildizi chuqurlashib bo'ldi. Buni endi tez orada yo'qotishni ilojisi yo'q. Chunki aksariyat bolalar zaharlanib bo'lishdi. Buni yo'qotish oson emas. Oilada haqiqiy islomiy muhit bo'lmas ekan, jamiyat ham tuzalmaydi, insonlar ham.
Iymon, hayo, taqvo birinchi o'ringa qo'yilmas ekan, ravnaq kelajak haqida gap bo'lishi mumkin emas.
Alloh barchalarimizni dinimizni ham, dunyoyimzini ham isloh qilsin. Amiyn.