ТUNGI IBODAТ, ТAHAJJUD
Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam kechasi uyg’onganlarida: "Yo Rabbiy, meni mag’firat et, rahma gingga erishtir va eng to’gri yo’lingga boshla", der edilar.
Ummu Salamadan (r.a.)
Kechasi uyqudan uyg’onganlarida og’izlarini misvok bilan tozalar edilar.
Huzayfadan (r.a.)
Kim kechasi uyg’onib, oilasini ham uyg’otsa va ikki rakatdan namoz o’qishsa, Allohni ko’p zikr qiluvchi zokir va zokira (zikr qiluvchi tarj.) qatoriga yoziladilar.
Abu Hurayradan (r.a.)
Alloh kechasi musulmon quliga ruhini qaytarib uyg’otsa, u qul Allohga tasbeh va tamhid aytsin hamda Undan mag’firat so’rasin. Shunday qilsa, bandaning o’tmish gunohlari kechiriladi. Shoyad, u kimsa turib tahorat olsa, namoz o’qisa va keyin Uni zikr qilsa, Undan mag’firat so’rab duo qilsa, bu amallari qabul bo’ladi.
Abu Hurayradan (r.a.)
Zikr aytib pokiza holda yotgan bir musulmon kechasi uyg’onib Allohdan dunyo va oxiratga oid hojatidan bir xayr so’rasa, Alloh unga albatta beradi. Muozdan (r.a.)
Тun yarmida yoki uchdan ikkisi o’tganida Alloh taolo dunyo samosiga nuzul etib shunday deydi: "So’ragan yo’qmi, berilsin, duo qilgan yo’qmi, mustajob bo’lsin, istig’for aytgan yo’qmi, mag’firat etilsin". Bu hol toki tong yorishgunga qadar davom etadi. Abu Hurayradan (r.a.)
Har kuni ertalab va kechqurun uch marta "Bismillahillaziy la yadurru maasmihi shayin fil arz va la fissama va huvassami’ul aliym" (Shunday Allohning ismi bilan boshlaymanki, Uning ismi tufayli yeru osmonda biror narsa zarar bera olmaydi. U eshituvchi va biluvchi Zotdir) degan kishiga hech narsa zarar yetkazolmaydi.
Usmondan (r.a.)
Ummatimdan shunday odamlar borki, ulardan biri kechaning bir qismida turib (shayton oqshom payti bog’lagan tugun bor ekan), o’zini ibodatga tayyorlash uchun tahorat olsa, qo’llarini yuvayotganda bir tugun yechiladi. Yuzini yuvayotga nida yana bir tugun yechiladi. Тirsaklarini yuva yotganida bir tugun yana yechiladi. Boshiga mashtor tganida yana bir tugun yechiladi. Oyoklarini yuvganida tugunlardan yana biri yechiladi. Ittifoqo, Alloh taolo hijob orqasida turganlarga (malo ikalarga) shunday marhamat qiladi: " Qarang shu
bandamga. Mendan so’rash uchun nafsini naqadar tayyorlayapti. Shu bandam nima so’rasa, bergayman". Uqba ibn Amrdan (r.a.)