MASJIDGA KIRISh ODOBI
Masjidga kirayotganlarida bunday duo qilar edilar: "Bismillah, allohumma solli ‘ala Muhammadin va azvaji Muhammad" (Alloh nomi bilan, Muhammad alayhissalom va u zotning ax^yai ayollariga salovot bo’lsin).
Abu Hurayradan (r.a.)
Kimki masjidga kirsa, salom bersin va "Allohumma iftah liy abvaba fazlika" , ya’ni "Ey Allohim, menga fazilat eshiklarini och", desin.
Abu Humayda Saiddan (r.a.)
Yelkalarni birlashtiring va birodaringizga muloyim bo’ling. Bo’sh joylarni to’ldiring. Zero, shayton orangizga Hijoz qo’yi kabi kirib oladi.
Ibn Umomadan (r.a.)
Saflaringizni jips qiling, oralaringizni yaqin tuting va yelkangizdan saf oling. Anasdan (r.a.)
Saflarni tashkil etish imomning orqasidan boshlanadi. Virinchi kelganlar safning orsasida turadi, solgan jamoat safning o’ng va chap tomonini to’ldiradi va yelkalarga qarab saflar to’g’rilanadi. Kimki besh vaqg namozning birinchi takbiriga ulgurib, qirq kun jamoat bilan ibodat qilsa, jannat unga vojib bo’ladi. Abul Aliyadan (r.a.)
Kimki masjidga kirsa, Payg’ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytsin va "Allohumma iftah liy abvaba rohmataka" (Allohim, menga rahmat eshiklarini och), desin. Masjiddan chiqqach esa, Payg’ambar alayhissalomga salovot aytsin va "Allohumma a’simni minashshayton", ya’ni "Allohim, meni shaytonning yomonligidan asragin", desin. Abu Hurayradan (r.a.)
Bir odamning imom bilan olgan takbiri ming tuyani Harami Sharifga qurbonlikka yuborishidan xayrlidir. Ibn Umardan (r.a.)
Kim har farz namozidan keyin o’n marta Ixlos surasini o’qisa, Alloh taolo unga roziligi va marhamatini lozim qiladi. Ibn Abbosdan (r.a.)
Kimki bomdod namozidan keyin o’n bir marta Ixlos surasini o’qisa, unga jannatda ko’shk ehson qilinadi.
Abu Abdurahmondan (r.a.)
Zero, birinchi salom ikkinchi salomdan a’lo emas (ikkinchi salomga ham ehtiyoj bor).
Odamlar bilan birga o’tirish ibodat sanaladi.
Ibn Abbosdan (r.a.)
Har farz namozidan so’ng "Oyatal Kursiy"ni o’qiydigan kishini jannatga kirishdan faqat o’limgina to’sib turadi. Abu Umomadan (r.a.)
Olimlar bilan hamsuhbat bo’ling va tizzamatazza siqilishib o’tiring. Zero, samo yomg’iri o’lik yerlarni tiriltirganidek, Alloh o’lik qalblarni hikmat nuri bilan tiriltiradi.Abu Umomadan (r.a.)
Namozga iqomat takbiri aytilganida (yoki namoz tugaganida) samo eshiklari ochiladi va duolar qabul bo’ladi. Namozni tugatgan kishi hech gapirmasdan "Allohumma ajyarni minannar va adxilnil jannata va zavvijni minal huruliyn" (Allohim, do’zaxdan panoh bergin, jannatga kiritib, hurlarga uylantirgin), demasa, farishtalar: "Eh, do’zaxdan panoh so’rashdan ojiz qoldi", jannat esa: "Eh, jannatni so’rashdan ojiz qoldi", hurlar esa: "Eh, Allohdan o’zini huriayn bilan taqdirlashini so’rashdan ojiz qoldi", deyishadi.
Abu Umomadan (rm.)
(Masjidlarga o’ng oyoq bshan kiriladi, chap oyoq bilan chitsshadi.)
Olimlar bilan hamsuhbat bo’l, samoda tanilasan. Musulmonlarning kattalariga (peshvolariga) hurmat ko’rsat, jannatda menga qo’shni bo’lasan. Anasdan (r.a.)
Ikki odamning orasiga ruxsatsiz o’tirmoq nojoizdir.
Amr ibn Umardan (r.a.)
Ikki kishi o’zaro gapirishayotganda oralariga kirmang. Ibn Umardan (r.a.)