BAXT
Bir odam o’ziga uzatilgan qo’llarni tutmas, berilgan pullarni olmas, yemas, ichmas, sevolmas edi. Dunyoda qorong’ulik ichra yastangan dahlizlar kabi, ikki qo’rqinchli bo’shliq holidagi ko’zlari ila shunday tikilganicha yotardi. Hech narsaga tegmasdi, na jonliga, na jonsizga"¦
Bir kuni odamlar undan so’rashdi:
- Sen ne sababdan shundaysan? Nega boshqalarga o’xshamaysan? Nega ular kabi yashamaysan?..
U kishi dediki:
- Mening ko’zlarim taqdirning jilvasi o’laroq, bir juft mikroskop qudratida yaratilgandir. Siz eng sevgan, eng yoqtirgan narsalardagi butun mikroblarni ko’raman. Mikroblarga to’la ziyofatlar, mikroblar qoplagan dudoqlar, mikroblarga kon qo’llar, mikroblar yopishgan pullar"¦ Siz ham mening kabi ko’rsangiz edi, yashay olmasdingiz. Hammangiz baxtiyorsiz. Ammo baxtingiz ko’zlaringiz zaifligi tufaylidir"¦
"œO’qituvchining yon daftari" kitobidan