Toshkentning eski shahar dahasida eski shinamgina mahalla.Shu mahallaga 2 ta yosh bolasi bilan yoshgina oila ijarada yashash uchun bir honadonga ko'chib keldilar.Oila sohibi namozhon,hushmuomala kamgap va kamtarin,Sohibasi esa hijoblik muslima sifatida mahalladan juda tez o'z o'rinlarini topdilar.Bu oilaga jajjigina farzandlariga hamma havas qilardi.Shu mahallada yashab Glier nomli musiqa maktabida fortepiano chalishni o'rganuvchi opa singil Gulzoda va SHahzodalar ham ko'p qatori ichki havas bilan bu oilani kuzatardilar.Bir kuni Shahzoda yuragi hayajon bilan qo'shni kenayisini chaqirib kirdi.Uy sohibasi ochiq yuz bilan shiringina kulib bu oydek go'zal qizaloqni kutib oldi.Shahzoda qiynala qiynala ichki hislarini Muhlisa kenayisiga so'zlab berdi."Menga yordam bering ,aniqrog'i bizga opacham bilan menga.Bizlar musiqa maktabida o'qiymiz oilamizda hech kim namoz o'qimaydi,ko'chada hijoblik qizlarni ko'rganimda ularga havasim keladi.Men ham o'ranishlikni ,namoz o'qishlikni,islomni o'rganishlikni istayman." Qizginaning ko'z yoshlari bilan to'lib toshib ,shoshilib so'zlashini eshitgan Muhlisahon hayratdan "Subhanallah,Mashaallah" deb Allohga hamd etardi halos.
Shahzoda ichki tuyg'ularini shoshilib gapirib bolgacha undan so'radi :
-Sizga nima halaqit beradi hijob kiyib ,islomni o'rganishingizga ? Ahir o'zingiz istab hohlayotgan bo'lsangiz?
Shahzoda mahzun holatda so'zida davom etdi;
-Kenayi bilasizmi adamla bilan oyimla qabul qila olishmayapti.O'tgan kuni endi musiqadan dars olmayman oddiy maktabda o'qib hijob o'rayman desam oyimlani yuraklati yomon bo'lib o'zlarini tashlab yubordilar.Adamlar esa;" senga shu kerakmi badbaht" deb qo'llariga kirgan narsalarni menga qarata otdilar.
Akam kenayim va opacham menga honadan chiqib ota onamni ko'zlariga ko'rinmaslikni buyurdilar deb boshini egib oldi.
Vaziyyat o'ta qaltis ekanini hisobga olgan Muhlisa kelin bu qizaloqqa shoshilmaslikni sabr va duo bilan kutishlikni maslahat bergan edi.Shahzodani savoli qattiq o'yga soldi:
-Qnadayin shoshilmay kenayi ahir o'lim so'rab kelmas ekanku 15 kun avval soppa sog' yurgan dugonam kechqurun tinchgina uhlab ertalab uyg'onmadi.Menga ham shunday kelib qolsa qabrga kim kiradi mening o'rnimga ?
Muhlisa kelinni tillari lol edi.Bu ko'zlari chaqnab turgan qizaloqqa so'z topib berishdan ojiz edi.Nihoyat uzoq o'ylanib turgach so'radi:
-Shahzoda siz hijobga kirsangiz ota onangiz bu tariqa to'polon qilaveraslar oilangizda hamma sizga qarshi turaversa ,sizga nafrat bilan qarasalar siz bunga qachongacha chiday olasiz ?
-Kenayi hammasiga chidayman.To'g'ri onamlarni yuraklari yomon lekin oilada faqatgina mening muammoyim emas kattalarni muammolarida ham shunday o'zlaridan ketib qolish holatlari borku.Men yuraklari sabab o'lib qolsalar aybdor bo'laman deb o'tiraversam ,ohirat kuni mening ochiq yurgan sochlarim uchun men bilan barobar javob bermaydilarmi? Men Allohdan umid qilaman oyimlar ,kenayimlar opam hammamiz begona erkakni qarashlarida zino borligini his qilib o'ranib hayot o'tkazishlikni.Harakat qilmay faqat duo qilib yuravergan bilan nima o'zgaradi ota-onamni qarshiliklarini yenga olmayman deb o'tiraversam vaqt o'tgan sayin mening shijoatim yo'qolib faqatgina umid bilan yashaydigan bolib qolmaymanmi?...
Suhbat uzoq davom etdi.Shahzoda ichki kechinmalarini bir muslima birodariga aytib qalbi orom olar darajada taskin topib uyiga chiqdi.
Kechki ovqat vaqtida yana hijob,islom mavzusida gap boshlagan edi.G'azablangan adasi o'rnidan tura solib qizginaning uzun o'rim sochini qo'liga o'rab olib dopposlay ketdi.Otani bu jaholatdan hech kim qaytara olmadi.Qizginani kaltaklab holdan toygan ota beholgina o'tirib qoldi.Har zarbaga Alhamdulillah deb yig'lagan qizaloq bu johil otani hayratga solgan edi...Oilada bu qizga qarshi turfa choralar ko'rila boshlandi...
Qatiyyat va iroda qizginaga har qanday malomat, zulmga qarshi kurasha oladigan shijoat berdi.Janjalli suhbatlarni tez -tez takrorlab yurdi,bu suhbatlar natijasida onasi ko'p bora yurak og'rig'i sabab davolanishiga to'g'ri keldi . Bir kuni ertalab maktabga ketishidan avval boshiga ro'mol o'rab oldi.Maktabda ham oiladagidek muomala va munosabat boshlandi.Chunki qiz maktabda juda yahshi o'qirdi bir qancha konkurslar laureati edi..
Oila va maktab birgalashib qizaloqqa qarshi turfa razilona makru hiylani ishlatib ham jajjigin bu qizaloqni tanlagan yo'lidan qaytara olmadilar.
Shahzoda boshiga o'ragan ro'molni har qancha mashaqqat va azoblarga qarshi turib yechmadi.Singlisidagi bu matonatdan ibrat olgan Gulzoda ham unga sherik bo'ldi .Subhanallah.Opa singilni shijoatlariga hayratlangan, mashhur qo'shiqchiga yordamchi bo'lib yurguvchi akalari ham masjida qatnab singillarini haq yo'lda ekaniga iqror bo'ldi.Va Alhamdulillahki endi opa singillarning himoyachisi akalari bo'ldi.Yanda quvonarlisi oilaning yagona kelini hamma hurmat qiladigan Lazokat ham hijob ne'matiga taslim bo'ldi.Shahzoda hursand chunki u maqsadiga erishayotgan edi.Alloh kechalari o'qigan namozlari , duo va iltijolarini natijasiz qoldirmagan edi.Ota ona asta sekin farzandlariga "taslim" bolishdan o'zga chorasi yo'qligini his qila boshladilar.Latifgina masuma Shahzodani shijoati duo iltijolari,nafsini yenga olishi oilasining hidoyatiga sabab bo'lib barcha mashaqqatlarini unutgan edi..