Solih alayhissalom to‘rt yil Samud xalqi orasida yurdi, ularni imonga undadi, azobdan qo‘riqitdi, jannat hushxabarini berdi, ezgu o‘gitlar aytdi, ammo qabul qilmadilar. "Solihni o‘zimizdan umidsiz qilamiz", deb kengashdilar. Ular yana "Solih bizdan hasab va nasabda ulug‘roqdir, uni o‘ldirib bo‘lmayd. Shunday bir yumush buyuraylikki, shu ishni qilolmay hijolat bo‘lib, o‘zi ketgay" deya mulohaza qildilar.
- Ey Solih, sen bizga nima demoqchisan? - deyishdi ular.
- Olloh taoloning yagonaligiga ishoning. Sizni yaratgan, ne’matlar ato etgan Udir, - dedi Solih. - Od xalqi ishonmadi - ne baloga yo‘liqmadi, Hud qavmi imon keltirmadi - boshiga qanday balolar kelmadi.
- Ey Solih, bizni otalarimiz sig‘ingan ilohdan qaytarib, boshqa hudo bilan qo‘rqitmoqchimisan? Agar so‘zing rost bo‘lsa, bizga bir mo‘‘jiza ko‘rsat, - dedi qavmi.
- Qanday mo‘‘jizani istaysiz? - dedi Solih.
- Iydgohimizga chiqaylik, sen o‘z tangringdan so‘ragin, biz ham o‘z tangrimizdan so‘raymiz, qay birining qudrati zo‘rligini ko‘raylik, - deyishdi ular.
Ertasi kuni hammalri iydgohga chiqdilar, Solih ham bordi.
Ularning oldilari bir maysa ham unmagan tog‘ bor edi.
- Shu tog‘dan bizga bir qizil tuklik tuya chiqargil. Bizning qo‘limizda bo‘talasin, bizga sut bersin, biz uni ichaylik, - deyishdi.
O’sha tog‘da Qayna degan o‘zan bor edi, suvlari o‘sha yerdan kelardi. Bu qavmning bobolari bir kuni o‘zandagi bir toshdan sado eshitdiki, "Samud xalqi bu toshdan halok bo‘lg‘usi", degan.