Forum administratori
AbdulAziz tomonidan e'lon qilingan Forumning umumiy statistikasidan so'ng, biz kichik ma'murlar ham o'z bo'limimiz statistikasini qilishga urinib ko'rdik.
Intellekt bo'limida xozirda
91 ta mavzu va
24014 ta mulohaza qoldirilgan. (Kichik bo'limlarni ham qo'shib hisoblaganda)
Vaqti: 09 Fevral 2009, 16:38:51
Oldingi statistika bilan taqqoslaganda (10 iyuldagi)
15 ta yangi mavzu ochilgan va
9518 ta yangi mulohaza qoldirilgan. Bu degani o'tgan davr mobaynida o'rtacha har
14 kunda bitta yangi mavzu ochilgan va har kuni o'rtacha
44,7 ta mulohaza qoldirilgan. Xozirgi iqtisodiy inqirozni hisobga olganda bu yomon ko'rsatkich emas.
Intellekt bo'limidagi barcha mavzular
347837 marta o'qilgan. Oldingi statistika bilan solishtirsak, o'tgan 213 kun davomida mavzular
189919 marta o'qilgan. Bu har kuni o'rtacha
892 marta o'qilganini bildiradi.
Intellekt bo'limida ochilgan mavzularning ZiyoUz Forumidagi hissasiga kelsak, bo'limdagi mavzular Forumdagi umumiy mavzularning
3,2% ini, qoldirilgan mulohazalar esa Forumdagi umumiy mulohazalarning
15,5% ini tashkil etadi.
ZiyoUz Forumining umumiy statistikasida Birinchi mavzular o'nligi (o'qilganlar soni bo'yicha) reytingida haliyam
Ziyo-Uz BukToPuHaCu mavzusi
1-o'rinda turibdi.
Yana bir quvonarli holat ZiyoUz Forumining umumiy statistikasida javoblar soni bo'yicha tuzilgan Birinchi mavzular ro'yxatining kuchli o'nligida Intellekt bo'limining
naqd 5 ta mavzusi o'rin olgan. Bular:
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi - А ҳарфи (1-o'rin);
Ziyo-Uz BukToPuHaCu (2-o'rin);
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi - K ҳарфи (3-o'rin);
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi - М ҳарфи (4-o'rin);
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi - Г ҳарфи (7-o'rin);Eng ko'p mulohaza qoldirilgan bo'limlar reytingida esa
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi kichik bo'limi 3-o'rinda,
Intellekt bo'limi(kichik bo'limlarsiz) 6-o'rinda turibdi.