UNUTMAGIL UNI — UL KUNNI!
Imkon qidir har soniya
Yaratganga yoqishga,
Bul imkoning imkon berur
Ul Kun Unga boqishga.
Bul tiriklik chog’ing mashg’ul
Bo’l ibodat toatda,
Shunda qo’rquv bilmagaysan
Sur chalaingan soatda.
Vaqt kelibki qo’lga olsang
Nomai a’molingni,
Hech bir qondosh kelib so’rmas
Ne bo’ldi deb holingni.
Do’st-birodar kor kelgaydur
Bu o’tkinchi olamda,
Ulug’ Kunda birov so’rmas
Ne kundasan, ne g’amda.
Molu dunyo amal unda
Bermagay aslo najot,
Unda bordir ajr mukofot,
Hamda turli darajot.
Ul dam afsus nadomatlar,
Tavbalardan foyda yo’q,
Tanish-bilish,qon qarindosh
Oshnalar ul joyda yo’q.
Mol-davlating so’nggi nafas
To tanangdan ketguncha
Do’st deganing jonsiz tanang —
To qabrga yetguncha.
So’ngra kiming borar ekan
Xarob holing so’rgali,
Darcha, tuynuk bitilmagan
Zax kulbangni ko’rgali.
Senga abad hamrohlikka
Amallaring qoladir,
Amalingga qarab ruhing
Chap-o’ngdan joy oladir.
Kofir,badbaxt,fosiq uchun
Ulug’ Kunda, o’shal dam
Kor qilmasudr hatto oqlov,
Qilsa hamki bor odam.
Ul payt bo’lmas do’st birodar
Yoramu qo’llash, yoqlash,
Ish bermagay amal, unvon,
Iltimos, so’rov, oqlash.
Tog’lar kelib bir junbushga,
Quyosh birlashsa oyga,*
Lom-mim demay borgaydursan
Haq hukm qilgan joyga.
Ul Kun iloj yo’qdir biron
Janjalga, "œsan-san"lashga,
Belgilangan joying aniq,
Imkon yo’q joy tanlashga.
Barcha borliq jonzot uchun
Bo’lur umututulish,
Yodga kelmas va topilmas
Biron chora qutulish.
Ul Kun aqlu irodangga
Bo’ysunmas butun tanang,
Ul Kun bo’lmas bir najotkor,
Bo’lmas biror boshpanang.**
Ul Kun hech zot quloq solmas
Hech kimsa oh vohiga,
To’dalar teng yo’l olishar,
Haqning qarorgohiga.
Ul Kun yana tinglamaslar
Hech kimsaning zorini,
Ul Kun barcha birday tinglar
To’plovchi qarorini.
Ul Kun senga berilgaydir
Barcha ishing xabari,***
To’plam holda tutilgaydur
Yaxshi — yomoning bari.
Rost bitilgan bo’lur barcha
Qilgan amal nechog’liq,
Ajri esa o’ngu chapdan
"œNoma" olishga bog’liq.
"œNoma" qolga tekkach faqir
Yoki deylik, boydadur,
Iltimoslar ish bermagay,
Barchasi befoydadur.
Ulug’ Kunda maydon bitta,
Barcha bitta joydadur,
Yosh-u qari, sho-u gado
Barchaga bir qoidadur.
Holingdan hech xabar olmas
Farzand yo ota-ona,
Ul Kun bekor befoydadur
Biror uzr, bahona.****
Ul Kundagi holatingni
Ta’rif etsam yanada,
Guvoh bo’lur har bir a’zo
Neki borki tanada.
Qilgan ishing barchasini
Deyolmassan:"Qilmadim"
Hohlarsan-u til aytolmas,
Xatoligin bilmadim.
Yolborish-u, iltijolar
Ul Kun ko’kka yetmaydi,
Hayotdagi turli qiliq,
Mug’ombirlik ketmaydi.
Dod-voyingga bir ko’makchi
Bir qayrilib qaramas,
Qilganmiding yaramaslik,
Tamom!Noming —"œYaramas".
Tiriklikda tinglab, amal
Qilmasang har oyatga,
Ul Kun jazong aniq, ul dam
O"rin yo’q shikoyatga.
Yuzi qaro kofir qavmni
Ul maydondan surishar,
Balo o’rlab boshlariga,
Qaro yuzlar burishar.*****
To’gri tanla tadoruking
Tanda nafas borida,
Haq asrasin, bo’lishlikdan,
Badbaxtlar qatorida.
Pok asragil Alloh ato
Qilgan tana,jon, ruhni,
To’g’ri tanlab, lozim topgil,
Saodatmand guruhni.
Sharaf ishing sharbatini
Sezarsan sen ketarda,
Qo’rqinch, armon sezmagaysan,
Jon xalqumga yetarda.
Omonatin olg’uvchisi
Omonat so’rg’onida,
Oson yengil xatlagaysan
Bu dunyo qo’rg’onidan.
Bilarmusen ne degani
Bu dunyodan ajralish?
Bu degani amalingga
Loyiq biron ajr olish.
Inkor o’tmas, taklif bo’lgach
Oxirat diyoriga,
Ne hojatdur, kegash yig’in
Inson do’stu yoriga.
Tanag taslim, yotganingda
Oyoqlaring chalmashib,******
Jon o’rniga molu-dunyo
Olmagaylar almashib.
Xo’sh, kelarmu yo qo’lingdan"¦
Istagan moling alish!
Topilarmu biron zo’ring
Farmon bo’lsa "œHaydalish".*******
Bir yaqining yaramasdur
Seni olib qolishga,
Zarra parvo qilmagaylar
"œDavolab, dam solishga".
Tinglab parvo qilmagaylar
Hatto zo’rlar zo’riga,
Gar bandasi safar qilsa
Allohning huzuriga.
Oy-kun bitib xalqumingga
Taqalsa agar joning,
Befoyda bor boyliklaring
Befoyda xonumoning.
Obro’ mansab befoydadur,
Befoydadur shavkat shon,
Taslimi jon olidda sen
Ojizsan,ojiz INSON.
Gar haytoing zulmat kabi
To’lsa bir jaholatga,
Uni hayot atamagil
Ta’rif yo’q bu holatga.
Kim Allohning Kalomini
Agarki der:"Yolg’ondir!"
To abad ul o’z bo’yniga
Tavqi la’nat olg’ondir.
Yaratganning O’zi uni
Shunday ko’yga solg’aydur,
Xor-zor bo’lib,Ulug’ Baxtdan
Ul benasib qog’aydur.
Ul mal’unning ta’rifini
Yozarga bormas qo’lim,
Alloh O’zi tilar unga
Takror va takror o’lim.********
Alloh uni to abadga
Koz’larin yoshlab qo’yar,
O’tin qilib jahannamga
To abad tashlab qo’yar.
Men bir bora yashayman,deb
Kerilganlar kibordur,
Anglaganga bir bor emas
Tiriklik ikki bordur.
Avvaligisi bamisoli
Biro y yo bir kun bo’lar,
Bir zum kechar hayotingga
Bir sinov, yakun bo’lar.
Keyingisi abadiydir
Boqiy, bilmas nihoya,
U bordur, bir haqiqatdur
Dema:"Oddiy hikoya".
Ruh hozircha tanagdadur
Demak hali imkon bor,
Bu imkoning tavba uchun
Tavba qil, ayt istig’for.
Bu dunyoda kimki agar,
O’zin qo’yar yuqori,
Ul Kun shuncha pastda bo’lur
Bo’lsin ul shoh yo qori.
Gar soz’alrim hushyor tinglab
Ma’nosini chaqqing yo’q,
Deak, demam inson seni
Bu xatoga haqqing yo’q!
Bular bari bir haqiqat,
Demagil:- "œCho’zding rosa".
Istagim ol keragini
O’zing yasa xulosa!
* "œQiyomat" surasi,9-oyat.
** "œQiyomat" surasi,11-oyat.
*** "œQiyomat" surasi,13-oyat.
**** "œQiyomat" surasi,14-15-oyatlar.
***** "œQiyomat"surasi,24-oyat.
****** "œQiyomat" surasi,29-oyat.
******* "œQiyomat surasi,30-oyat.
******** "œQiyomat" surasi,34-35-oyatlar.