Ko'zim yumuq, ustimda oppoq matodan libos,
Qayga olib ketarlar, bir on to'xtang, iltimos.
Ibodatim qilib olay, ulgurmadim hayotda,
Farishta der: Endi kech, uchrashamiz oxiratda...
Baqiraman dod solib, borolmayman benamoz,
Hech kim eshitmas sasim, chiqmas sado bir ovoz.
Ko'tararlar tobutni zulmat qabriston tomon,
Onam yig'lar burchakda, onam yig'laydi hamon...
Yoshman deb o'ynab kuldim, bormadim masjid sari,
Ichdim, tavba qilmadim, imkon borku deb hali.
Mana endi ojizman, qimir qilmaydi tanam,
Tuynuksiz qabr bo'ldi yetib kelgan boshpanam...
Yana berilsa hayot bo'lardim chin musulmon,
Bajarib har amalni sajda qilardim har on.
Oyoq uzmay masjiddan borardim kun besh mahal,
Faqat tirik bo'lsaydim, imkon bo'lsaydi agar...
Oh dodlarning foydasi ko'rinmaydi endi hech,
Tavba qilishga endi kech bo'lgandi, juda kech,
Janozamni o'qishar so'nggi manzilga qo'yib,
To'yib yig'lagim kelar, yig'lagim kelar to'yib...
O'qib amal qilmadim islomiy shariatga,
Endi bunda yuzim qaro, ko'ksim to'la hasratga.
Qabr ichra tanho o'zim qaltirayman zulmatda,
Nega namoz o'qimadim, nega qoldim g'aflatda?...
Hamma ketgach qabrga keldi ikkita malak,
Javob topolmay savoliga bo'larman men jonsarak.
So'zlashga tilim ojiz qiynoqlar azobini,
Oh nega oldinroq bilmadim oxirat jazosini...
Aytolmayaman davomini - qabrning azoblarin,
Iymonsizlar bunda yongay, bo'lsin yosh yo u qari...
So'nggi so'zim bo'lma mendek bo'l hozir ibodatda.
Shunda azob chekmagaysan oxir kun qiyomatda....
Muallifi Nomalum....