Rasululloh sallolohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar:Olloh ta'olo Jabroil alayhis salomni chiroyli suratda halq etib ,olti yuzta qanot berdi .Har bir qanot uzunligi Mashriq bilan Mag'rib o'rtasiga barobar edi .Jabroil alayhis salom o'zlariga nazar solib : "Ey bor Hudoyo ,mendan ham hushsuratroq birorta mahluq yaratganmisan ?"deb so'radilar .Olloh ta'olo aytdi "Yaratgan emasman ".Shundan keyin Jabroil alayhis salom turib ,ikki rakat shukrona namozni o'qidilar,Har bir rakatda yigrma ming yil turdilar ;QIrq ming yilda 2 rakat shukrona namozni ado qildilar.Namozni tugatganlaridan keyin Olloh ta'olo dedi;"Ey Jabroil ,rost ibodat qilding,menga hech kim sendek ibodat qilgan emas,lekin ohir zamonda Nabiy karim,habibim,suyukli do'stim ,Muhammad kelgay va uning gunohkor,zaif ummatlari bo'lgay.Ozgina vaqtda ikki rakat namozni ko'p sahvu hatolar va har hil hayollar bilan oqiydilar.O'zimning izzatim va jalolimga qasamki,sening qirq ming yilda o'qigan ikki rakat namozingdan ularning namozlari menga yahshiroqdir,chunki ularning o'qigan namozlari mening amrim bilandir,sening namozing esa ,o'z ihtiyoring bilan edi,mening amrim bilan emas"."Jabroil alehis salom dedilar : Ularning ibodatiga qanday ajr-mukofot berasan?".Olloh ta'olo dedi: "Ularga Jannatul ma'voni beraman"
( Mushkotul-anvor).