Tuesday 01/04/2005 8:14:50am
Ismi sharifingiz: Rustam Samandarov
Mamlakat/shahringiz: O'zbekiston, Tashkent
E-mailingiz:
[email protected]Web sahifangiz:
Fikr-mulohazalaringiz: Men, nomoz vaqtlari haqida savolim bor, chunki o'qishni boshlaganimga xali 1 yil ham bo'lmadi.
"Taqvim"da Tong, tush, asr, shom va xufton nomozlari vaqtlari berilgan. Ammo azon vaqlariga ayrimlari to'g'ri kelmayapti.
Bomdod nomozi taqvimda 6:15larda deyilgan azon esa 30-45 min keyin aytiladi. Bomdod nomozi azondan keyin darxol ado qilinsa bo'laveradimi.
Kitobarda asr soya 2 marto katta bo'lganda deyilgan(taxminan 2:30), ammo nomoz vaqti hozi 3:05 larda bo'ladi(azon, kitob).
Shom nomozi xufton(azoni)gacha deyilgan ayrimadabiyotlarda, ammo shafoq oldinroq yo'qoladi.
Davronbek: Assalomu alaykum Rustamjon!
Savolingizga imkoniyat qadar javob berishga harakat qilaman. E'tibor bergan bo`lsangiz taqvimlarda Tong, Quyosh, Tush, Asr, Shom, Xufton, Qibla degan yozuvlarga ko`zingiz tushgan bo`lishi kerak. Men ularni izohlashga harakat qilaman:
1. Tong. Bu subhi sodiqning kirishi ya'ni shu paytda bomdodga azon aytilishi boshlanadi. Azondan keyin 40 minutlardan so`ng, quyosh chiqmasidan oldin, bomdod namozini o`qib olish kerak. Iloji boricha, shu quyosh chiqmasdan oldin g`ira-shira paytda o`qib olinsa yaxshi bo`ladi. Taqvimda tong vaqti ko`rsatilgandan boshlab, azon chaqirish mumkin.
2. Quyosh. Bu quyosh chiqishi vaqtidir. Shu ko`rsatilgan vaqtgacha Bomdod namozini o`qib olish kerak. Bundan keyin bomdodning vaqti chiqadi. Agar uxlab qolsangiz, quyosh chiqqandan keyin ham sunnati bilan birga o`qib olishingiz m umkin. Lekin o`z vaqtida o`qilgani a'loroq.
3. Tush. Bunda quyosh rosa tikkaga keladi. Bu vaqtdan 40-50 minut o`tkazib, peshin namozini o`qib olsa bo`ladi. Peshin namoziga azon chaqirilishi bilan sunnat o`qish bo`shlanadi. 4 rakaat sunnatdan so`ng takbir aytilib, farzni o`qiladi, keyin esa 2 rakaat sunnat o`qiladi.
4. Asr. Taqvimda belgilangan vaqtda asr namozini o`qish mumkin. Bunda namozga azon aytilgandan so`ng, 10 minutcha kutiladi va farzga takbir aytiladi.
5. Shom. Bunda quyosh botib, osmonda qizillik paydo bo`ladi. Bu odatda asrdan 2 soat keyinga to`g`ri keladi. Shom namozining vaqti qisqaligi bois uni o`z vaqtida, tezda o`qib olish kerak. Shuning uchun ham azondan keyin, kutmasdan farzga takbir aytiladi.
6. Xufton. Quyosh tamoman botib, qorong`ulik tushganda kiradi, ulamolar shom bilan xuftonni orasini 45-60 minut deyishadi. O`sha taqvimda ko`rsatilgan vaqtda o`qib olsa bo`ladi. Bunda ham azon aytilgandan so`ng, 10 minutcha kutilib, farzga takbir aytiladi. Xufton namozining vaqti subhi sodiqgacha deyiladi. Ungacha o`qib olinsa bo`ladi.
7. Qibla. Taqvimda ko`rsatilgan soatda quyoshga qaralsa o`sha tomon qibla bo`ladi.