Mahdiyah, rahmat mavzu uchun:)
Mo'min Mirzo konglimdagi javobni beribdilar.
Ozimdan qiyos qilsam, mana oglim 2,5 yosga kiradi. Domda turamiz, qarindosh uruglar yoq yaqinimizda, qaynonam, qaynotam, qaynim bor yaqinimizda, ular esa katta insonlar. Qoshnilarni bolalari bilan issiq kunlarda kunora korishib turishardi, hozir esa havolar sovuq, domda odam bir-birinikiga hadeb kiravergani uyaladi:)
Oglim esa tengdosh, hech bolmasa ozidan biroz kattaroq bola xohlaydi birga oynagani. Biz kattalar esa albatta yosh boladay oyin oynay olmaymiz qanchalik xohlasak ham. Oglim hozir tengdoshlari bilan oynaganda ancha qizqonchiqlik qiladi, ham ozini oyinchogini, ham ortoginikini bermaydi:) dod soladi darrov. U haqli, chunki uyda undan boshqa kichkina bola yoq, hamma narsa u uchun. Darrov tutqazamiz qoliga. Uyda aka-opasi yoki uka-singlisi bolgan bolalar uchun bu muammo emas, xohlasa xohlamasa narsa talashib, urishib, yarashadi...
Yolgiz osgan bolalar odatda egoist bolishadi afsus. Yolgizlikni yoqtirishadi, hamma narsa ular xohlaganday bolishini xohlashadi.
Katta hovlida, yaqin qarindoshlar davrasida katta bolgan yolgiz bola bilan domda, yolgiz katta bolgan bola orasida juda katta farq bor.
Yozda Ozbekistondaligimizda oglim 5-6 jiyanimni orasida vaqt otkazdi, hamma mehmon, deb kongliga qaradi, lekin juda uyaldim, chunki hech murosa qila olmadi, egoist:(
Shuning uchun nasib bolsa yozda bohchaga bermoqchimiz. Bohchani ozimiz tanlashimiz mumkin, oqituvchisi, taomlari, oyinlari, puliga qarab. Avval yaxshilab surishtirib, borib kozimiz bilan koramiz.
Bolamga hozirdan kopchilik bilan chiqishib, bo'lishishini orgatmasak ertaga kech boladi, maktabga chiqqanda esa ishlar jiddiylashadi, bu yerda maktab 5 yoshdan boldi ortiq:( 2,5 yildan keyin ilm ola boshlaydi inshalloh. Bu bola ilm oladimi, yoki narsa talashadimi?
Biz kattalar bolganimiz uchun oglim hazillashib biz bilan urishganda (qol kotarganda, qattiq narsa bilan urganda) ogrisayam, oglim unday qilma, deymiz, yosh bolalarni orasiga kirib, ularga ham xuddi shunday muomala qilganda esa bolalarni joni ogriydi yo yiglaydi, yoki u ham uradi oglimni, shunda oglim hayron boladi, chunki biz unga javob bermaymizda....
Xullas, men bolaning bohchaga borish tarafdoriman, ona uchun ham muhim shu 4-5 soat. Bizda bohchalar yarim kun va toliq kun. Boshda yarim kun bersak kerak:)
Xayrlisi bolsin:)