862. Abu Rofi’ rivoyat qiladi. Nabiy (s.a.v.) Abbosga (r.a.): "œEy amaki, sizga silai rahm qilaymi, hadya beraymi, yo sizga manfaat keltiraymi?" deb so‘radilar. "œOta-onam fido bo‘lsin sizga, manfaat bering", dedilar Abbos. Nabiy (s.a.v.): "œTurib to‘rt rak’at namoz o‘qing, har bir rak’atda Fotiha bilan bitta sura o‘qing. Qiroat tamom bo‘lsa: "œSubhonallohi valhamdulillahi va la-a ilaha illallohu vallohu akbar", deb o‘n besh marta ayting, keyin ruku’ qiling va shu kalimani o‘n marta ayting. Boshingizni ko‘tarib, uni yana o‘n marta ayting, keyin sajdada ham o‘n marta ayting, so‘ng boshingizni ko‘tarib sajda qilib, yana o‘n marta ayting. Boshingizni sajdadan ko‘tarib, turishingizdan oldin tag‘in o‘n marta ayting. Bular har rak’atda yetmish beshta, to‘rtta rak’atda esa uch yuzta bo‘ladi. Agar gunohingiz cho‘lning qumichalik bo‘lsa ham, Alloh taolo sizni kechiradi", dedilar. Abbos aytdilar: "œAgar uni banda har kuni qilishga qodir bo‘lmasa-chi?" "œHar oyda qilsin", dedilar Nabiy (s.a.v.). "œHar oyda ham qodir bo‘lmasa-chi?" dedilar. Aytdilar: "œBir yilda bir marta qilsin".
Ka’bul Ahbor aytadilar (r.a.): "œAgar birontangiz ikki rakkat nafl namozining savobini ko‘rolganida edi, uning tog‘dan ham balandroq ekanini bilardi. Farzlar esa, bu aytilganlardan-da ulug‘roqdir".