Shifobahsh yog'lar  ( 57740 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Ansora  13 Dekabr 2009, 11:25:46

Assalomu-alaykum azizlar. Qish mavsumi bo'lgani uchun yo'talishlar, shamollashlar boshladi. Men ham Aktarga (tabib desak ham bo'ladi) borib, shifobahsh aralashma oldim. Kassani yonida bir broshyura bor edi. Yog'lar haqida umumiy ma'lumotlar ekan. Men ham bir dona oldim. O'qib chiqqach, juda ko'p foydali ma'lumotlar borligini ko'rdim. Qo'limdan kelguncha sizlarga ham bu shifobahsh yog'larni tarjima qilib joylayman.
Ozgina bo'lsa ham bu sohada shug'ullanib, ehtiyoji bo'lgan qardoshlarimizga yordamim tegsa o'zimni baxtiyor his qilardim.

Bazi gul, o'simliklarni O'zbekcha nomlarini bilmasligim mumkin. Men ham rasmlarini joylayman. Bu mavzuda birgalashib foydali mavzu uyushtiramiz, degan umid bilan boshladik, B.R.R

Forumdoshlarda bu shifobash yog'lar haqida shubha bo'lmasligi uchun, broshyurani tayyorlashda quyidagi adabiyotlardan foydalanilganligini aytib o'tishni joiz ko'rdim. Bu kitoblardan oldin o'zim ham foydalanganman.

1. Baytop. T. (1999) Turkiyede Bitkiler ile tedavi 2 .Baski Nobel Tıp Kitapevleri Ltd. Shti. İstanbul
2. Erdemir Demirhan, Shifalı bitkiler. Dog'al ilachlarla Geleneksel Tedaviler. Alga Yayınlari. (2001) İstanbul
3. Light Miller. N.D. Brayn Miller. DC. (Turkchesi: Saime O'nje.) Bilim Teknik Yayınevi. (2001) İstambul
4. Zeybek Ulvi. (1999) Aromaterapi ve Aroma Kozmetikte kullanılan Uchuju Yag'lar. Alanya.

Qayd etilgan


Ansora  13 Dekabr 2009, 11:33:30



Gulni Turkcha nomi: Aynısefa (Ayni safo)

Lotincha nomi esa: Calendula

Guldan tayyorlangan yog'- Jild parvarishida namlantiruvchi vazifasini bajaradi. Hassos(nozik) jildlarga kuch berib, muvozanatini saqlaydi. Qurigan, yorilgan jildlarni namlantirib qizqa muddatda eski holiga keltiradi. Quyosn nuridan qo'rib, jildga namlik beradi.
Bundan tashqari varikoz, ekzema, husnbuzar, gribok(qo'ziqorin) kuyish, issiqliq va jildning qurib, teri to'kishida ham juda katta yordam beradi.

Foydalanilishi: Jildga tashqaridan huddi krem kabi surtiladi. Hammomdan keyin toza tananing muammo bo'lgan qismiga surtiladi.

Qayd etilgan


Ansora  13 Dekabr 2009, 11:44:31



Turkcha nomi: Kakule

Lotincha nomi: Ellettaria cardamomum

İshataha ochuvchi, me'dani rohatlatuvchi, qorindagi gazni ketkazib rohatlatuvchi yog'dir. Asablarni sokinlashtirgani uchun esa bosh og'riganda qo'llaniladi. Yurak urishlarni tartibga soladi. Qahva va choyni ichiga aralashtirilsa ishtaha ochadi va hazmni qulaylashtiradi. Bosh og'risini va horg'inlikni ketkazadi. Suvga aralashtirib g'arg'ara qilinsa og'zidagi nohush hidlarni ketkazadi. Tish etlarini (dyosna) sog'lomlashtiradi.

Foydalanilishi: 1 stakan iliq suvga 4-5 tomchi tomdirilib ichiladi. Og'iz sog'lig'i uchun esa g'arg'ara qilinadi.

Qayd etilgan


Ansora  13 Dekabr 2009, 12:01:31



Turkcha ismi: Yosun

Ruschasi: Vodorosli

İnson metabolizmasini tezlashtirib, teri ostidagi yog' va selulitlarni eritadi. Tarkibidagi B vitamini, kaltsiy va minerallar soyasida jildni parvarish qiladi, hujayrani yangilaydi. To'qimalarni mustahkamlaydi.

Foydalanilishi: Vujut va jilt parvarishida maska holida ishlatiladi. Masaj harakatlari bilan jilda doiraviy shakllar berib surtiladi.

Vodorosli (bizda moh edi shekilli) haqida Ruscha to'liq ma'lumot uchun link:

http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%92%D0%BE%D0%B4%D0%BE%D1%80%D0%BE%D1%81%D0%BB%D0%B8

Qayd etilgan


Ansora  14 Dekabr 2009, 13:42:20

Turkcha ismi: Cho'rek otu

O'zbekchasi: Sedana

Ruschasi: Chernushka

Lotinchasi: Oleum Nigella

İshtaha ochuvchi, sut ko'paytiruvchi(onalar uchun), ayollar uchun hayz og'riqlarida juda yaxshi foyda beradi.
Bundan tashqari, astim shakar-diyabet, romatizm muolajalarida va grippga chalinganda inson vujudiga kuch beradigan hususiyatlarga ega. Gemoroidga, soch parvarishida va to'kilishini oldini olishda keng ravishda qo'llaniladi. İngichka tomirlarni ogohlatirib qon aylanishini tartibga soladi.

Foydalanilishi: Kunda 3 marotaba, 1 stakan suvga 4-5 tomchi tomizib ichiladi. Ekzema, qurigan jilt va soch uchun massaj shaklida qo'llaniladi. Kepakka qarshi ham massaj shaklida surtiladi.
 

Qayd etilgan


Ansora  14 Dekabr 2009, 13:52:43

Anor danagi yog'i

Yuksak miqdorda C vitaminiga ega. Vujudimizgdagi ortiqcha moddalarni tashqariga chiqarishda muhim rol o'ynaydi. Qon oqishini tezlashtirib, tomirlarning taranglashuvini oldini oladi. Yurak hurujini kamaytiradi. Xolesterolni ozaytirib, qon bosimini muvozanatga soladi. İshtaha ochadi.

Foydalanilishi: Salat va meva suvlariga aralashtirib yoki 1 stakan suvga 7-8 tomchi tomdirilib ichiladi.

Qayd etilgan


Ansora  23 Dekabr 2009, 14:59:46

Orik yog'i (OLEUM PRENUS ARMEIACA)

Yuz jildini tozalashda ishlatiladi. Husnbuzar izlarini yo'qotib, yuzdagi horg'inlikni oladi. So'l'gin jildlarga kuch beradi. Namlantiruvchi hususiyatga egadir.

Foydalanilishi: 1 stakan suvga 2-3 tomchi tomizib, paxta bilan yuz artiladi.


Qayd etilgan


Ansora  23 Dekabr 2009, 15:03:42

Binafsha yog'i ( OLEUM TRECOLOR)

Bu yog' mikrob o'ldiruvchi hususiyatga ega bo'lib, jild kasalliklarida keng ishlatiladi. Ekzema va soch to'kilishiga qarshi ishlatish tavsiya etiladi. Quruq sochlarni namlantirib, jonlilik va porloqlik beradi. Parfumeriya sanoatida keng qo'llaniladi.

Foydalanilishi: Jildga va sochga masaj harakatlari bilan surtiladi.

Qayd etilgan


Ansora  01 Yanvar 2010, 15:43:37

Uzum danagi yog'i

OLEUM FRECTUS VİTİS


Yuksak miqdorda Folik asit moddasi borligi uchun (temir moddasi) inson vujudiga kuch beradi. Hazmni qulaylashtiradi. Jildning quruq-namligini tenglashtiradi. Ajinlarning oldini oladi.

Foydalanilishi:

1 stakan iliq suvga 5-6 tomchi solib ichiladi.
Jild uchun esa massaj harakatlari bilan surtiladi.

Qayd etilgan


Ansora  01 Yanvar 2010, 15:49:20

Kunjut yog'i

OLEUM SESAMOUM


Quruq jildlarga, kiprik, qosh va sochlarga hech qanday shubhaga bormasdan surtishingiz mumkin. Sochning "sinishini" oldini oladi. Shakar kasalligida ham ishlatilyabdi. Kuygan jildlarga surtilganda yaxshi foyda beradi. Butun soch tiplariga tog'ri keladi. Ovqatlarga lazzat beradi. Romatizm va selulit uchun ham foydalidir.

Foydalanilishi:

Har kuni och qoringa 1 choy qoshig'i ichiladi. Soch va jildga massaj harakatlari bilan surtishingiz mumkin.

Qayd etilgan